Eng kichik gul

Eng kichik gul

 

Gullar, go‘zallik  va xush kayfiyat ulashuvchi o‘simlik hisoblanadi. “Chiroy malikalari”ning har qanday rangdagisi, kishiga faqat yaxshi kayfiyat “sovg‘a” qiladi. Bisasizmi, dunyoda shunday gul borki, uning kichikligi ignanig bosh qismiday keladi. Uning nomi — volfiya deb atalib, asosan suv havzalarida o‘sadi. Bir qarashda ko‘z ilg‘ash qiyin. Bu o‘simlik ko‘proq yoz oylarida gullaydi. Tasavvur qiling, uning bargi ham ildizi ham yoq. Volfiyaning ko‘rinishi, kichkina dumaloq yashil rangli sharni eslatadi. U “jajji” bo‘lishiga qaramay, issiqni issiq, sovuqni sovuq demaydi. Kuz faslida tanasiga “kraxmal” moddasini ko‘proq yeg‘ishga harakat qiladi. Qish faslini esa suv tubida o‘tqazadi. Bahor kelishi bilan yana suv yuzasiga chiqib oladi. Qiziq-a? Shundaymi?

 

volfiya