Savatchadagi koptok

 

To‘p bilan o‘ynaladigan har qanday o‘yinlarning barchasi qiziq. Kattagina sabzirang koptok sizga nimani eslatadi? Koptokning usti g‘adir budur va qora chiziqlari ham bor. Uni olgan o‘yinchining qo‘lida juda yaxshi sakraydi. Chaqqon o‘yinchi koptokni sakratib-sakratib, teshik savatga otadi. Savattda aylanib koptok yana pastga tushadi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Gap qaysi o‘yin haqida borayotganini angladingiz-a? Ha, bu — “basketbol” o‘yini.

Basketbol o‘yini, 1981-yilning qish fasllarida o‘ynala boshlangan. Amerika kollejlarining birida ishlaydigan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, talabalarning darsga yana ham qiziqishini orttirish maqsadida bu o‘yinni o‘ylab topgan. Zalning ikki tarafiga savat bog‘lab, o‘n sakkizta bolani ikki guruhga bo‘lgan. Keyin esa ularga o‘yin shartlarini tushuntirgan. O‘sha paytlarda o‘yin qoidasi biroz boshqacha bo‘lgan. Ya’ni, qatnashchilar bir joyda turib to‘pni sheriklariga uzatishgan. Qaysi bola savatga yaqin bo‘lsa, o‘sha koptokni savatga solgan. Savatcha esa  teshik bo‘lmagan. Shuning uchun to‘pni qayta olishga alohida vaqt sarflangan. Bu holat anchayin noqulayliklar keltirib chiqargan. Vaqt o‘tishi bilan o‘yinga ko‘pchilik qiziqib, bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan. Hozirda  basketbol eng ommabop o‘yinlar qatoriga kiradi.