Kuz faslining kirib kelishi

Kuz faslining kirib kelishi

 

Har bir faslning o‘ziga hos go‘zalligi bor. Kuz fasli ham boshqa fasllarlar singari ajib bir manzara kasb etadi. Kuzda daraxt barglari sariq, qizg‘ish tusga kiradi. Havo ham ancha salqinlashdi. Quyosh nurlari yerga tikka emas qiya bo‘lib tushadi. Dub daraxtining mevalari pishib, yerga to‘kila boshlaydi. Chaqqon olmahonlar yong‘oqlarni, sichqonlar esa bug‘doy boshoqlarini qishga g‘amlayshga kirishadilar. Tipratikanlar sovuq kunlarda yumshoqqina yotay deb, daraxt shoxlaridan to‘kilgan barglarni o‘z uyalariga tashiydilar. Ba’zi qushlar esa issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. Hullas, ona tabiat qishki uyquga tayyorgarlik ko‘radi.