Elektr toki qanday qilib uyga keladi?

Elektr toki qanday qilib uyga keladi

 

Shaharlar, uylarimizni kecha-yu kunduz yorug‘ bo‘lishi uchun elektrostansiyalar muntazam ishlab turadi. Ular har xil bo‘ladi. Ba’zilari, elektr tokini olish uchun qozonxonalarda suv qaynatilib, uning bug‘i katta parraklarni aylantiradi.  Bu holat esa o‘z navbatida generatorni ishga tushiradi. Generator esa  elektr toki ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, daryolarga ham elektrostansiyalar qurilar ekan. Daryo oqimidan kelayotgan suv generator parraklarini aylantirib, yuqoridagi jarayon takrorlanadi ya’ni generator elektr tokini sihlab chiqaradi. Toklar simlar orqali kichik kuchlanishli elektrostansiyalarga bo‘linadi. Shundan so‘ng elektr toki uyimizga keladi.