Slinki

Slinki

 

Bir kuni Jeyms Richard Tomson ismli mexanik o‘z ustaxonasida ishlayotgan vaqtida tasodifan uning buyumlari yerga tushib ketadi. Ular orasida prujina ham bor edi. Bu holat kashfiyotchini juda qiziqtiradi. Jeyms sakraydigan prujina g‘oyasini o‘ylab topadi.

Kashfiyotchi bir yil mobaynida ushbu prujina ustida ish olib bordi. O‘yinchoq kerakli shaklga ega bo‘lishi kerak edi-da. Ilk o‘yinchoq prujina temirdan yasalgan bo‘lib, uning ko‘rinishi unchalik chiroyli bo‘lmagani bois hech kim xarid qilishni xohlamadi. Shu boisdan Jeyms o‘g‘li bilan ushbu o‘yinchoq nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib berishdi. Keyin esa prujina o‘yinchoqqa ko‘pchilikning qiziqishi ortib xarid qila boshladi.

Bir qator ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ham “sakrovchi prujina”ga qiziqishi ortib, uni plastikdan tayyorlab, kamalak rangida ishlab chiqardilar. Lekin bu plastmassa prujina temir metaldan yasalgani kabi zinadan zinaga sakray olmasdi.

 

slinki