Qanday yomg’ir turlarini bilasiz?

Qanday yomg’ir turlarini bilasiz

 

Kuz faslida deraza yonida o‘tirib, maydalab yog‘ayotgan yomg’ir tovushini eshitganmisiz? Huddi, kimdir suvni elaklayotganga oxshaydi-a? Mayda tomchilar yerga tushib, ko’lmakchalarni to’ldiradi. Ko’chada shoshib ketayotgan kishilar yomg’rpo’sh tutib olishadi. Yog’ayotgan bu yomg’irni “elaklangan yomg’ir” desa ham bo’ladi. Agarda, yomg’ir kuni bilan yoki xaftalab tinmay yog’sa, “cho’zilgan yomg’ir” deyiladi.

Yana shunday yomg’ir turi borki, xuddi qarshingiz devor bilan to’silgandek bo’ladi. mana shunday tezlikda yog’ayotgan tomchilar, tomda nog’ora qoqayotgandek yog’adi. Yomg’irning bu turi uzoq yog’maydi. Siz bu yomg’irda qolib ketsangiz jiqqa ho’l bo’lishingiz aniq.

Mana bu qo’ziqorinli yomg’irda yomg’irpo’shsiz sayr qilishingiz mumkin. Bu paytda havo iliq bo’ladi va sayr qilish yoqimli. Chunki bu yomg’ir quyosh chiqayotgan paytda yog’adi. Xuddi ko‘r yomg‘irga o’xshab. Faqat ko‘r yomg‘irgina osmonni qora bulut qoplaganda yog‘maydi.

Yomg‘ir qanday paydo bo‘lishini bilasizmi? Suv tomchilari yer yuzasidan bug‘lanib, sovuq havo oqimiga tushadi. Tomchilar bir-biriga qo‘shilib, og‘irlashib katta-katta tomchiga aylanib yana yerga yomg‘ir bo‘lib tushadi.