Kuz faslida qaysi gullar gullaydi?

аstralar

 

Kuz faslida pushti, siyohrang, qizil, sabzirang va oq аstralar go‘zal bo‘lib ochiladi. Bu gulning o‘rtasi sariq, atrofida esa uzun-uzun yaproqlari bor. Astra gulining ko‘rinishi tungi osmondagi porlagan yulduzni eslatadi.

 

xrizantemaXuddi shu faslda xrizantemalar ham gullaydi. Uning guli yirik, sharsimon, poyasi esa kalta bo‘ladi. Yumshoq barglari katta savatchaga yeg‘ilgan bo‘lib asta-sekin ochiladi. Xrizantema gulini yaponiyaliklar juda sevishadi. Hatto, imperator muhrida ham aynan shu gulning surati bor.

 

georginNavbatdagi o‘simlik xrizantemaga o‘xshab ketadigan georgin gulidir. Yorqin bo‘lib ochiladigan gul kuzning so‘nggi oylarigacha ko‘zni quvontirib turadi.

 

gulBarxatsi. Yoz faslining ilk kunlaridan boshlab, kuzning so‘nggi oylarigacha ushbu gul ochilib turadi. Deyarli barcha xonadonlarimizda sariq, sabzirang va qizil rangdagilari ekiladi. Poyasi kichik bo‘lib, gul ekiladigan maydonlarni bezatib turadi.

 

Gullarning tarovati, ayniqsa, kuzgi yomg‘irdan song o’zgacha bo‘ladi.