Fokus

Buyuk rassom

Buyuk rassom

 

Men do‘stlarimga qiziqarli fokuslarni ko‘rsatib berishni juda yaxshi ko‘raman.  Qanday uddalaganimga hayron qolishadi. Bunda qo‘lning epchilligi va tinimsiz mashq qilish juda muhim. Bugun men sizlarga barchani lol qoldoradigan ayyorona  fokuslarimdan birini namoyish etmoqchiman.

Tomoshabinlar oldiga, rasm iladigan malbert va xar hil bo‘yoqlar olib chiqaman. Tezda qog‘oz varag‘ini malbertga qotiraman. Bo‘yoq cho‘tkasini go‘yo bo‘yoqqa botirib oq varaqda yurgizaman. Qarabsizki, go‘zal peyzaj yoki natyurmot paydo bo‘ladi. Yeg‘ilganlar hayratlanib,  qarsak chala boshlashadi.

Sizga ham buni qanday amalga oshirganim qiziq bo‘lsa kerak-a? Mayli sizlarga ham ushbu fokusni sirini ochaman. Lekin hech kimga aytib qo‘ymang.

Bu fokusning hamma siri bo‘yoqlarda mujassam. Uning ustida yog‘i bor. Malbertda esa toza qog‘oz tagida tayyor surat bo‘ladi. Men bo‘lsam cho‘tkani rangli bo‘yoqqa botirganday bo‘lib, aslida esa yog‘ga botiraman. Qog‘oz bo‘ylab yurgazganimda qog‘oz ivib, shaffoflashadi. Shu vaqtda qog‘oz tagidagi rasm ko‘rinishni boshlaydi. Bu fokusni  malga oshirish uchun kerakli qog‘oz turini  tanlay bilish kerak. Masalan, papirus qog‘ozini tayyor rasm ustiga, chetlarini tekkis qilib, zich yopish kerak.  Sizga bu jarayonlar osondek ko֥‘rinishi mumkin. Lekin tomoshabin oldiga chiqishdan avval yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shuni yodda tutingki, hatto eng oson fokuslarga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Ana shunda tomoshabinlarning olqishiga sazovar bo‘lasiz.