Fokus

Kamzulni yechmasdan ko‘ylakni yechish

fokus

 

Tomoshabinlar orasidan o‘z yordamchingizni chaqirasiz. Va hammaga: “Diqqat qiling, hozir kamzulni yechmay turib, ko‘ylakni yechib olaman”, deb aytasiz. Yordamchingiz yoniga kelib bo‘yinbog‘ini yechasiz. Keyin esa yeng va yoqa tugmalarini yechasiz. Yoqasidan ushlab, ko‘ylakni sekin tortib olasiz.

Bu fokus uchun oldindan yaxshilab tayyorlanish kerak. Yordamchingizni ko‘ylagini yelkasiga ilib, faqat yeng va yoqa tugmasi taqiladi. Shundan so‘ng bo‘yinbog‘ taqib kamzulni kiydirsangiz bas.