Sayyoramizdagi bizga noma’lum mavjudodlar

 

Sayyoramizdagi bizga noma’lum mavjudodlarYer sayyorasidagi hayvonot olamining xilma-xilligi bizni lol qoldirishda davom etmoqda. Bir qarashda barcha hasharot-u qushlar va hayvonot olamini bilamiz deb o‘ylaymiz. Aslida esa bunday emas. 2016 yili olimlar, fanga noma’lum bo‘lgan mavjudodlarni aniqlashdi. Keling, ular bilan sizlarni ham tanishtiramiz.

 

Arktika baxmali

 

Arktika baxmali. Arktika baxmali bu — kapalak. Ajablanarlisi, bu kapalak qahraton sovuqdan aslo qo‘rqmaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak u shimoliy Alyaskada yashaydi.

 

Kasper nomli sakkizoyoq

 

Kasper nomli sakkizoyoq. Bu sakkizoyoq Tinch okean tubidan topilgan. U suv tubida tosh ustida hech kimni bezovta qilmay o‘tirardi. Olimlarni bu mavjudod juda qiziqtirib qo‘ydi. Sakkizoyoqqa Kasper deb nom berishdi. Chunki ushbu sakkizoyoqning ko‘rinishi Disney multfilmlaridagi “Kasper” apvohini eslatadi.

 

Cho‘l arisi

 

Cho‘l arisi. Bilasizmi arilarning shunday turi borki, ular cho‘llarda yashaydi. Ular uya qurmaydi, balki yerni teshib tuynuklar qazishadi. Tuynuklarda arilar sahrodagi jaziramadan saqlanish barobarida u yerda o‘zlarini havfsiz sezadilar. Arilar faqatgina, apreldan iyul oyigacha tashqariga chiqadilar. Chunki aynan shu oylarda cho‘lda mavjud o‘simliklar gullaydi. Qolgan payt tuynuklaridan chiqishmaydi.

 

Griffindor o‘rgimchagi

 

Griffindor o‘rgimchagi. Hindiston o‘rmonlaridan biologlar o‘rgimchakning yangi turini topishgan. Tana tuzilishi Garri Potter filmidagi sehrgarning bosh kiyimiga juda o‘xshaydi. Shuning uchun ham olimlar ikkilanmay ushbu o‘rgimchakni “Griffindor” nomi bilan atashdi. Uning tashqi dushmanlaridan himoyalanish xususiyati o‘ziga hos bo‘lib, u xatto qurigan barg qiyofasiga o‘xshagan ko‘rinishga kira oladi.

 

NUL(Noma’lum uchar likopcha)-meduza

 

NUL(Noma’lum uchar likopcha)-meduza. Ushbu meduzaning suratini ko‘rib nima uchun unga bunday nom berilganini anglagandirsiz. Ha u haqiqatan ham uchar likopchani eslatadi. Yana bir o‘ziga xosligi, uning tanasi sensrga o‘xshaydi. Meduzaga tegsangiz yorituvchi chiroqqa o‘xshab yonadi. Olimlarning ta’kidlaricha, ushbu turdagi meduzalar yirtqich baliqlarni mana shu yo‘l bilan cho‘chitishar ekan.

 

Timsohga o‘xshash triton

 

Timsohga o‘xshash triton. Triton bu — ham suvda, ham quruqlikda yashaydigan kaltekesaksimon jonivor. Taylanddagi Mekonga qirg‘og‘idan ajoyib timsohga o‘xshash jonivor topilgan. Tanasining rang-barang qizil qora tusda tovlanishi ajoyib ko‘rinish kasb etadi.

 

shoxdor pxuket agamasi

 

Taylanddagi Pxuket orolida g‘aroyib kaltakesak: shoxdor pxuket agamasi yashaydi. Uning ko‘rinishi kichik ajdarhoga o‘xshaydi. Uning boshi va belidagi ignalari kaltakesakka o‘ziga hos ko‘rinish bag‘ishlaydi.