Shaxmat

 

ShaxmatQadimda Hindistonliklar, to‘rt kishi ishtirokida o‘ynaladigan “chaturanga”  o‘yinini o‘ynaganlar. Har bir ishtirokchining figuradan tashkil topgan o‘z armiyasi bo‘lgan. Figuralar sakkizga sakkiz o‘lchamli kvadrat doskaning to‘rt tarafiga qo‘yilgan. O‘yinchilar bir-birlariga qarshi o‘ynashgan. Figuralar ma’lum qoida bo‘yicha harakatlangan. Kimki dushman figuralarni yutsa, u o‘yinda g‘olib bo‘lgan.

Keyinchalik ushbu o‘yin Arabistonning sharqiy qismida ham ommalashgan. O‘yin qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan. Shuningdek o‘yinchilar soni ikkitaga qisqargan, figuralar soni esa oshgan. Bu yerda ushbu o‘yin “shatranj” nomini olgan. Vaqt o‘tib bu o‘yinni tojiklar ham o‘ynay boshlaganlar. Aynan tojiklar o‘yinga siz va biz bilgan “shaxmat” nomini berishgan. Shaxmat so‘zining ma’nosi — “shox mot”, ya’ni “shox mag‘lub bo‘ldi”, degan ma’noni anglatadi.

Shundan so‘ng shaxmat o‘yini boshqa davlatlarda ham juda ommalashgan. Sekin-asta shaxmat klublari ham paydo bo‘ldi. U yerda o‘yinchilar shaxmat o‘ynaganlar va o‘yin ihlosmandlari ham aynan shu yerga yeg‘ilganlar.

1575 yilda shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir Filip II qiroli tomonidan ilk marotaba uyushtirilgan bo‘lib, ushbu turnir Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda ikki Italyan shaxmatchisiga qarshi ikkita Ispan o‘yinchisi o‘ynagan.

Mana oradan vaqt o‘tib, shaxmat sport turiga kiritildi. Ikki yilda bir marotaba shaxmat bo‘yicha olimpiada o‘tkaziladi. Uning o‘z qoidalari va shu bilan birga mukofot-u unvonlari bor. Eng yuqori unvon — grossmeysterlikdir. Bu unvonni egallash uchun shaxmatchidan tinmay mehnat qilish va o‘z xatolari ustida ishlash talab etiladi.