Suzish turlari

 

Suzish turlariSuzish bu — suvda qo‘l va oyoqlar harakati ko‘magida siljishidir. Suvda suzishni siz bolajonlar juda yaxshi ko‘rasiz-a, shundaymi? Lekin uning usullari haqida ko‘pchiligingiz yetarli ma‘lumotga ega bo‘lmasangiz kerak. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

 

Krol usuli:

Eng tezkor bo‘lgan bu usulida ko‘krakda suzish orqali qo‘l va oyoqlarning navbatma-navbat bajariladigan to‘xtovsiz harakatlari bilan amalga oshiriladi. Gavda suv yuzida deyarli gorizontal holatda joylashadi. Bu usul asosan 50 metrdan 1500 metrgacha bo‘lgan masofalarda qo‘llaniladi. Bu usul, baxtsiz hodisalarning oldini olishda, cho‘kayotganlar oldiga tezroq suzib borishda juda qulaydir.

 

Delfin usuli:

Harakat vaqtida qo‘llar suv ustidan (havodan) oldinga olib o‘tiladi, oyoqlar krol usulidagi kabi, faqat ikkala oyoq bir vaqtda harakatlanadi.

 

Sinxron (badiiy) suzish:

Bu usul suzishning eng go‘zal va rohatbaxsh usulidir. Bunda sportchi qizlar musiqa jo‘rligida turli xil mashqlarni yakka yoki jamoa tarzida bajaradilar.

 

Brass usuli:

Oyoq va qo‘llar harakatlarini bir vaqtda, bir-biriga mos holda bajarish, harakatlarni ma’lum tartibda uyg‘unlashtirib borish bilan xarakter-lanadi. Bu usuldan kiyim bilan suzishda va buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tishda foydalanish mumkin. Brass usuli texnikasini yaxshi egallaganlar katta masofalarni bemalol suzib o‘ta oladigan bo‘ladilar.

 

Suzish turlari