Kiz faslining “tabibi”

 

Kiz faslining “tabibi”Kuz kunlari xonadoningiz mehmoni kamina qovoqvoy bo‘laman. Iya, do‘stim yuzingiz burishyaptimi? Men haqimdagi foydali ma’lumotlarni bilib olsangiz, har kuni qovoqli taom qilib bering, deb oyijoningizga yalinasiz.

 

1. Qovoq ich qotishidan holi qiladi.

2. Ozish uchun ham qovoq foydalidir.

3. Qovoq tarkibidagi A va E vitaminlari ko‘z va teri faoliyatiga, B vitamini asab tizimiga, K vitamini esa suyak moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

4. Qovoq temir moddasiga boy.

5. Kalsiy va Magniy moddasi serob.

 

Shifokorlarning aytishicha, qovoq immunitetni ham oshiradi. Ha, deganda betob bo‘laver-maysiz. Shunday “bebaho” ma’lumotlardan keyin ham qovoqli taom yemayman, deb ko‘ringchi.

 

Qovoqli taomnoma:

- Qovoq va guruchli bo‘tqa

- Sabzi-qovoqli quymoq

- Qovoqli keks

- Pishloq va pomidor qo‘shilgan qovoq pirogi

- Olma va qovoqli pirog

- Qovoqli blinchik

- Qovoq sho‘rva