Qor qanday hosiil bo‘ladi?

 

bu qiziqSuv bug‘lari qattiq sovuq havoda muzlaydi. Muzlagan  kristalchalar shamolning “allalashi” oqibatida bir-biri bilan “achomlashadi”. Ya’ni bir-biriga yopishib, siz osmonga termulganingizda yuzingizni “o‘pib oladigan” mitti qor parchalari hosil bo‘ladi.

 

Qor parchalari bir-biriga o‘xshamaydi

Osmondan millionlab qor parchalari ona yer bag‘riga “gilam” to‘shaydi. Eng qizig‘i ularning hech biri ikkinchisiga aslo o‘xshamaydi. Yer yuzida bir-xil shakldagi qor parchasi uchramaydi.

 

Qor nega kerak?

Dehqon bobolarimiz mo‘l-ko‘l hosil olishi uchun qor juda zarur. Chunki, qor parchalari erib, ekinlar uchun kerakli bo‘lgan suv hosil bo‘ladi. Qish faslida qor parchalari ekinlar uchun “ko‘rpa” fazifasini bajaradi.

 

Bilasizmi? Qor nafaqat oq rangda, balki qizil, yashil va hattoki qora rangda ham bo‘lishi mumkin ekan. Sababi, qor donalari yerga tushayotganda havoda mavjud mayda bakteriyalar va changni yutadi, shu sabab tusini o‘zgartiradi.

 

Hayratlanarlisi, biz kiygan issiq kiyimimizni isitamiz, ya’ni tanamizdan chiqayotgan issiqlikni kiyimlar ushlab qoladi va u bizni isitadi.

 

Buni qarang, dunyodagi eng katta qurbaqaning og‘irligi 3 kilogramm ekan. Uzunligi esa 90 santimetr.