Nima uchun Olimpiya xalqalari beshta va ular turli ranglarda?

Besh xil rangdagi xalqa – Per de Kuberten o‘ylab topgan Olimpiya ramzi. Besh xil rang – bu dunyoning besh qit’asi: ko‘k Evropa, qizil – Amerika, sariq – Osiyo, qora – Afrika. Buning ustiga, dunyoning istalgan davlati bayrog‘ida bu ranglardan birortasi bor.

 Turli ranglardagi beshta xalqali olimpiya bayrog‘idan birinchi marta 1920 yilda Belgiyada foylalanilgan. O‘shanda olimpiya o‘yinlari Antverpenda o‘tkazilgan. Shundan buyon bayroq olimpiadaning asosiy ramziga aylangan. U olimpiya o‘yinlari ochilishida ko‘tarilib, yopilishida tushirilgan.

Yana olimpiya o‘yinlari nishoni ham bor. Uni olimpiada o‘tkaziladigan har bir davlat alohida tanlaydi. Moskvada olimpiada o‘tkazilganda, olimpiya ramzi Misha ayig‘i edi. Meksikadagi yozgi olimpiya o‘yinlari ramzi Qizil Yaguar bo‘ldi. Hatto, Val di ismli taksa kuchugi Myunxen shahridagi olimpiya ramzi bo‘lgan.