Yomg‘ir qayerdan yog‘adi?

Osmonda qora og‘ir bulutlar paydo bo‘ldi. Ular quyuqlashgandan-quyuqlashardi. Mana, asfaltga dastlabki qora tuqtalar tusha boshladi. Yashin chaqnadi. Uzoqda chaqmoq chaqdi. Tomchilar tezlashib, ko‘paydi. Yomg‘ir boshlandi. U qayerdan keldi? Keling, bolalar, birgalikda o‘rganamiz.

 Bilib turganingizdek, yomg‘ir qora bulutlardan quyiladi. Qora bulut qayerdan keladi? Qora bulutlar – suv tomchilari va changlardan yig‘ilib og‘irlashgan bulutlardir. Okean, dengiz, daryo yuzasi qiziganda suv bug‘lanadi va parga aylanib ketadi. Par yuksak osmonga ko‘tarilib, o‘sha yerda muzlaydi va kichik suv tomchilariga aylanadi. Bulut hosil bo‘ladi. Havo oqimi bilan ular har tomonga yoyiladi. Ular sayr etib yurarkan, ichidagi suv ko‘payib, pastga harakatlana boshlaydi. Bulut og‘irlashadi va tomchilar bir joyda turolmaydi, ular erga, daryolar, dengizlar, ko‘llar, okeanlarga tusha boshlaydi. Keyin yana bug‘lanadi. Tabiatda suv aylanishi shunday yuz beradi.