Kamalak qayerdan paydo bo‘ladi?

Ba'zan, yomg‘ir yog‘ayotganda, quyosh nur sochayotganda biz go‘zal hodisani kuzatamiz – kamalak chiqadi. Shuningdek, uni favvora tomchilarida ham ko‘rishimiz mumkin. U nimadan hosil bo‘ladi?

 Quyoshning oq nuri etti xil rangdan tashkil topgan: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha. Bu yetti rang stpektr deyiladi. Maxsus shisha – prizma bo‘lib, u orqali  spektrni ko‘rishimiz mumkin. Prizma oq nurni sindirib, tarkibiy ranglarga ajratadi. Suv tomchilari – kichik prizmalardir. Yorug‘lik nurlari ular orqali o‘tsa, biz kamalakni ko‘ramiz. 

Osmonda kamalakni ko‘rishimiz uchun quyosh bizning ortimizda, yomg‘ir esa oldinda yog‘ayotgan bo‘lishi kerak. Aks holda kamalakni ko‘rish imkoni bo‘lmaydi.