Uchuvchi to‘p

Uchuvchi to‘p

 

“Voleybol” so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda, “uchadigan koptok” ma’nosini bildiradi. Bu o‘yin Amerika Qo‘shma Shtatlarida basketbol o‘yinidan keyinroq paydo bo‘lgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, tennis setkasi tortilgan maydonchada koptokni bir-biriga otishni taklif qilgan. Voleybol o‘yinida ikki guruh bo‘lib, har birda  olti o‘yinchi qatnashadi. O‘yin davomida yugurish shart emas, hatto mumkin  emas. Ya’ni o‘yinchilarning harakati cheklangan. To‘pni faqatgina qo‘lda qaytarish mumkin.

Badminton

Badminton

 

Havo iliq. Babminton o‘ynashning ayni payti. Shunday shirin o‘y bilan singlim ikkimiz raketka va valanchikni olib, bolalar maydonchasi tomon yo‘l oldik. U yerda hech kim yo‘q. Maza qilib o‘ynayotgan edik, to‘satdan valanchik daraxt shohiga ilinib qolsa bo‘ladimi. Shunday qiziq o‘yinni beliga tepdi. Valanchikni olishga rossa urundik, lekin hech uddasidan chiqa olmadik. Bo‘yimiz kaltalik qildi chog‘i. Kattaroq kishining yordamisiz o‘zimiz eplayolmasligimizni tushunib, yo‘l yoqasida ancha vaqtgacha o‘tirdik.

Savatchadagi koptok

 

To‘p bilan o‘ynaladigan har qanday o‘yinlarning barchasi qiziq. Kattagina sabzirang koptok sizga nimani eslatadi? Koptokning usti g‘adir budur va qora chiziqlari ham bor. Uni olgan o‘yinchining qo‘lida juda yaxshi sakraydi. Chaqqon o‘yinchi koptokni sakratib-sakratib, teshik savatga otadi. Savattda aylanib koptok yana pastga tushadi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Gap qaysi o‘yin haqida borayotganini angladingiz-a? Ha, bu — “basketbol” o‘yini.

Eng kichik gul

Eng kichik gul

 

Gullar, go‘zallik  va xush kayfiyat ulashuvchi o‘simlik hisoblanadi. “Chiroy malikalari”ning har qanday rangdagisi, kishiga faqat yaxshi kayfiyat “sovg‘a” qiladi. Bisasizmi, dunyoda shunday gul borki, uning kichikligi ignanig bosh qismiday keladi. Uning nomi — volfiya deb atalib, asosan suv havzalarida o‘sadi. Bir qarashda ko‘z ilg‘ash qiyin. Bu o‘simlik ko‘proq yoz oylarida gullaydi.

Uy bo‘risi

 

Uy bo‘risiKo‘plab it zotlari borligini bilsangiz kerak. Ba’zilari katta bo‘lsa, boshqasi kichikroq itlar. Qaysi biriningdir quloqlari katta bo‘lsa, bir xillarining oyoqlari kichkina. Xullas, kuchuklarning ko‘rinishi turlicha bo‘ladi. Ularning kelib chiqishi esa, yovvoyi bo‘rilarga borib taqaladi. Gonga, barza, teryer, balonka kabi it zotlari, Hindiston bo‘rilaridan tarqagan bo‘lsa, layka va ovcharkalar esa shimol bo‘rilaridan kelib chiqqan. Qadimda odamlar va bo‘rilar yaqin “qo‘shni” bo‘lishgan.

Ayiqlar qishda uxlaydimi?

Ayiqlar qishda uxlaydimi

 

Ayiqlar qish faslida uyquga ketishi haqida eshitgansiz-a? Lekin nima uchunligini bilasizmi? Ayiqning bir qoidasi bor. U  qishki uyquga ketishdan avval to‘yib ovqatlanishi shart. Bo‘lmasam u uxlay olmay, o‘rmonda yemish qidirib yuradi. Qanday yemish deysizmi? Hozir bilib olamiz.

Ayiqlar kedr daraxtining yong‘og‘ini sevib tanavvul qiladi. Erinchoq polvon yong‘oqlarni asosan yerga to‘kilganlarini uyib olib, oyog‘i bilan chaqadi. Endi esa, “baqaloq” jonivor, yerga yotib olib, tili bilan chaqilgan yong‘oqlarni terib oladi.

Qish

Qish

 

Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar esa ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz. Qor yog‘masa, qish faslining qizig‘i ham yo‘qday go‘yo. Allaqachon chana, chang‘i va konkilarni  tayyor qilib qo‘yganmiz. Qordan esa hamon darak yo‘q. Boshqa davlatlarda bolalar maza qilib chana uchishyapti. Nega bizda qor kam yog‘ar ekan-a?