Iguana nima?

Iguana

 

Tropik o‘rmonlarda yashaydigan iguana nomli kaltakesaklar haqida eshitganmisiz? Biz sizga bu jonivor haqida qiziqarli ma’lumot bermoqchimiz. Iguanalar o‘txo‘r jonivorlar qatoriga kiradi. O‘txo‘r degani, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi ma’nosida keladi. Iguanalar daraxt barglari va mevalar bilan oziqlanadi. Uning kuchli panjalari daraxtga osongina chiqish uchun mo‘ljallangan. Bel sohasida esa bejirim toji bor. Eng qizig‘i, ularning ko‘zi uchta bo‘lib, uchinchi ko‘zi boshining tepa sohasida joylashgan.

Havo shari

Havo shari

 

Yoz kunlarining birida, dadam ikkimiz saylgohda aylanib yurgan edik. Jaziramada biroz dam olish uchun favvora yonidagi o‘rindiqqa o‘tirdik. Bir payt yonimizga bir to‘p shark ko‘tarib olgan sotuvchi keldi. Qo‘lidagi rang-barang sharlari xuddi uchib ketay deb turganga o‘xshardi.

—Birdan qattiq shamol bo‘lib, sharlar uchib ketsa zo‘r ish bo‘lardi-da, deb o‘yladim. Qani endi men ham shunday ucha olsam. Shu payt dadam:

—Shar olib beraymi?,deb so֥‘radilar.

Kartoshkaning sayohati

Kartoshkaning sayohati

 

Qadim zamonlarda, janubiy Amerika dalalarida karto‘shka o‘z holicha o‘sgan. Qabilalar bu o‘simlikni yeyish mumkinligini ham bilishmagan. Bir kuni odamlar yegulik izlab yurgan vaqtlarida, yerda gullab turgan kartoshkani ko‘rib qolishgan. Uni kovlab olib pishirib tanavvul qilishsa, mazasi ajoyib ekan. Xindular esa kartoshkalarni quritib, ko‘proq muddatga saqlashgan. O‘sha vaqtlarda xindulardan tashqari, hech kim karto‘shka nima ekanini bilmagan.

Robotlarning qanday turlarini bilasiz?

Robotlarning qanday turlarini bilasiz

 

Mehnatni yengillashtirish uchun insonlar robotni o’ylab topishgan. Og’ir mehnatda va zavodlardagi ishlarni tez va samarali bajarishda robotlarga yetadigani yo’q. Bundan tashqari, robotlar kasalxonalarda shifokorlarga yordamchi hamdir. Qutqaruvchilarga esa yoqolgan kishilarni topishda ularning xizmati kata. Bekalarimizga uyni tozalshda ko‘makdosh robot — changyutgich hisoblanadi.

G’or

G’or

 

Bundan yuz yillar avval buyuk sarkarda Amir Temur Kesh shahrini dushmanlardan ozod qilishga tayyorgarlik ko’rayotgan edi. U g’or ichida o‘z armiya safini kengaytirishni boshlab yubordi. Yaqin atrofdagi qishloqlardan jasur, baquvvat yigitlar safga qo’shila boshladi. Amir Temurning armiyasi yetarli kuch to’plagach, ular o’z shahrini dushmanlardan ozod qildi. O‘sha paytlardan beri mana shu g’or Amir Temur nomi bilan atala boshladi. Amir Temur g’ori O’rta Osiyodagi eng uzun g’or hisoblanadi.

Er osti quruvchisi

 

Er osti quruvchisiYer ostida jajji hayvoncha yashaydi. Uning butun tanasi qalin qora mo'yna bilan qoplangan. Ko'zlari kichik, shuning uchun bo‘lsa kerak ko‘rish qobiliyati ancha past. Lekin bu holat unga aslo xalal bermaydi, chunki yer osti shundoq ham qorong‘i-da. Ehtimol, siz gap qanday jonzot haqida ekanini taxmin qilgandirsiz?

Ko‘rshapalak

 

Ko‘rshapalakYozning iliq kunlarida qorong‘i tushishi bilan havoda  ajoyib jonizotlar paydo bo‘ladi.  O‘zi kichkina lekin tanasi mo'ynali. Qanotlari esa patdan emas teri bilan qoplangan. Katta-katta quloqlari ham bor. Gap qaysi jonzot haqida ekanini sezib turgandirsiz? Ko‘rshapalaklar kechasi ov qilishga chiqadilar.

Qorong'ida ko‘rishapalaklar biroz qo‘rqinchli ko‘rinsalar ham, zararli hasharotlarni paqqos tushirishni xush ko‘radilar. Havf-xatarni quloqlari orqali his qiladilar. Buni qanday uddalashar ekan-a?