Yetti «mo’jiza»ning ikkinchisi

Yetti «mo’jiza»ning yana biri Semiramidaning samoviy bog’laridir. Bu bog’lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo’lgan. Samoviy bog’larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog’lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o’z saroyini baland sun’iy maydon ustiga qurgan.

Yangi yil bayrami tarixini bilasizmi?Yangi yil bayrami tarixini bilasizmi

Sanoqli kunlardan so‘ng barchamiz uzoq kutgan Yangi yil kirib keladi. Nafaqat bizlar, balki ota-onalarimiz ham bu bayramga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Ayniqsa, 31-dekabr kuni uyqudan turishimiz bilan oshxonadan kelayotgan  shirinliklarning  hushbo‘y hidi,  turi-tuman mevalar, har  xil noz-u-nematlarning yoqimli ifori, kimni quvontirmaydi deysiz.

Uyning bir chetida katta qilib bezatilgan archa, unga ilingan  o‘yinchoqlarning go‘zalligi,  rang-barang  archa  chiroqlari yonganida esa quvonganimizdan sakrab, chapak chalib yuborishimiz, bu bayramning naqadar zavqli ekanligini bildiradi. Yana, Qorbobo bilan Qorqizni sovg‘a-salomlar bilan uyga kirib kelganidagi quvonchmizni tariflab ham bo‘lmaydi.

Shunday go‘zal bayram qayerdan kelgan? Birinchi bo‘lib kim boshlab berganligi bilan qiziqdim. Keling, sizga ham aytib beray…

Qadimgi dunyoning etti mo‘jizalaridan birinchisiQadimgi dunyoning etti mo‘jizalaridan birinchisi

Misr ehromlari qadimgi dunyoning etti  mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. Ehromlarning eng mahobatlisi fir'avn Xеops piramidasidir. Bundan bеsh ming yil muqaddam (eramizdan 28 asr avval) qad rostlagan ehromning balandligi dastlab 147 mеtrni tashkil etgan. Ammo qum barxanlari bosqini tufayli uning bo‘yi hozirgi kunda 137 mеtrga tushib qolgan. Uning har bir tomoni 233 mеtrni tashkil qiladi. Atrofini aylanib chiqish uchun bir kilomеtrga yaqin masofa kerak bo‘ladi.
Xeops ehromi silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalardan bunyod etilgan. Har bir plitaning og‘irligi 2-2,5 tonnaga teng.

KenguruKenguru

Kenguru o‘ziga xos hayvon. Hatto hayvonot  bog‘ida ham onasining qornidagi xaltachadan bolasini qiziqish bilan qarab turganini ko‘rish mumkin. Xaltacha chuqur teri qatlamidan iborat bo‘lib, kenguruning deyarli butun qornini bekitib turadi.

Bolasi juda kichkina, ko‘zi yumuq holda tug‘iladi. Uzunligi (dumi bilan birga) ikki yarim metrdan ortiq bo‘lgan katta sariq kenguruning bolasi atigi 3 santimetr bo‘lib tug‘iladi. U tug‘ilgan zahoti birinchi sayohatiga yo‘l oladi: onasining yordamisiz, uning qornidagi junlariga o‘tkir tirnoqlari bilan yopishib, xaltachaga etib boradi va unga kirib oladi.

TuyaqushTuyaqush

Yer yuzidagi eng yirik qush hisoblanadi. Uning bo‘yni uzun va patsiz, boshi  kichikroq, gavdasi og‘ir bo‘ladi. Tuyaqushning oyoqlari juda uzun va baquvvat bo‘lib, ular juda tez yuguradi.  Bo‘yi 3 metr, og‘irligi 100 kilogramm bo‘lishiga qaramasdan, ular soatiga 60-70 kilometr tezlikda yugura olishadi. Yugurayotganda qadamining kengligi 2-3 metrga yetadi.

Urg‘ochi tuyaqushlar 8-10tagacha tuxum qo‘yishadi.  Tuxumlari juda yirik, og‘irligi 1400grammga yetadi. Ko‘pincha katta uyaga bir necha tuyaqush tuxum qo‘yganidan uyadagi tuxumlar soni 50-60 tagacha etadi. Tuxumlarni erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi.

Nima uchun Olimpiya xalqalari beshta va ular turli ranglarda?

Besh xil rangdagi xalqa – Per de Kuberten o‘ylab topgan Olimpiya ramzi. Besh xil rang – bu dunyoning besh qit’asi: ko‘k Evropa, qizil – Amerika, sariq – Osiyo, qora – Afrika. Buning ustiga, dunyoning istalgan davlati bayrog‘ida bu ranglardan birortasi bor.

Dunyoning etti qadimgi va hozirgi “Mo‘jizalari”Dunyoning etti “Mo‘jizasi”

Qadimgi dunyoning noyob inshootlari va haykaltaroshlik yodgorliklarini shunday deb atashgan. Uzoq vaqt foydalanib kelingan dunyoning yetti mo’jizasi ro’yxati tuzilgan vaqtda, ya’ni miloddan avvalgi III asrda bu obidalarning barchasi mavjud bo’lgan va kishilarni hayratga solgan.

Makedoniyalik Aleksandr saltanati barpo etilgandan keyin har qanday sayyoh qadimgi O’rta dengiz atroflarini kezib, mazkur yetti mo’jizaning barchasini bir necha oy mobaynida o’z ko’zi bilan ko’rishi mumkin edi.

Chunki bu obidalarning barchasi (Bobildagi Semiramidaning samoviy bog‘laridan tashqari) dengizdan uncha uzoq bo’lmagan hududlarda joylashgan edi.