Delfinlar

Delfinlar – dengiz va okeanlarning eng ajoyib jonzotlaridan biridir. Ular juda aqlli va do‘stona jonivorlar. Delfinlar cho‘kayotgan odamni qutqargan holatlar bo‘lgan. Ular hech qachon o‘zlarini dushman tutishmaydi va o‘rgatishga oson berilishadi. Turli xatti-harakatlarni tez o‘rganishadi. Delfin xatti-harakatni yaxshi o‘zlashtirib olishi uchun to‘g‘ri bajarilgan vazifaga baliqcha berish kerak.

Timsoh va alligator orasidagi farq

Eng katta farq – ularning tishlarida. Timsohning  jag‘lari yopilganda, pastki jag‘ida katta to‘rtinchi tish ko‘rinib turadi. Alligatorning esa bu tishini tepa chag‘i yopib, ko‘rsatmay turadi. Shuningdek, ularni tumshug‘ining shakli bo‘yicha ajratish mumkin: haqiqiy timsohning tumshug‘i uchli, V shaklida, alligatorniki to‘mtoq, U shaklida.

Kaktus

Sen balki ko‘p marta kaktusni ko‘rgandirsan, uning tikanlari ham botgandir. Kaktus gullaganini ko‘rganmisan? Kaktusning har xil turlari o‘zgacha chiroyli gullaydi. Ba'zi kaktuslar esa o‘zlarining gullari tufayli mayda hasharotlarni yeydi. Bunday kaktus guli odatda och qizil bo‘lib, go‘sht hidi keladi. Aynan shu go‘sht hidi mayda pashshalarni chaqiradi. Pashshachalar uchib kelib, gulga qo‘nganda, gul “shap” etib yopiladi.

Quyon yoki tovushqoncha?

Menga kichkina tovushqoncha sovg‘a qilishdi. Biram yoqimli, oppoqqing, momiq . Men uni katakdan chiqarib, qo‘limga oldim.

- Qanday chiroyli quyon! – dedi singlim.

- Bu quyon emas, tovushqon, – dedim uni tuzatib.

Hayvonlar podshosi 

- Bugun men senga bir qiziq jonivor – hayvonlar podshosi haqida so‘zlab bermoqchiman. 

- Men bilaman, deysan, - bu sherku. U o‘z oilasi bilan Afrikada yashaydi. Sherlar kun bo‘yi o‘ynaydilar, quyoshda toblanadilar, zerikkanda esa turli ohular, antilopalar, fillarni ovlashga kirishadilar.