Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

2017 yil xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yaxmalak

Tamilla Qosimova

YaxmalakYangi yil arafasi edi. Qo'rqmas archasini yasatib, eng uchiga katta yulduzchani ildi. Juda ko'p o'yinchoqlar bilan bezangan archasi yal-yal yonib ketdi. Yarmi qizil, yarmi sariq olmalar, noklar: "O1, meni ye", — degandek archa shoxidan mo'ralaydi. Qo'rqmas ularni yeb bo'lmasligini biladi, chunki shishadan yasalgan-da. Bir qo'lida hassa, bir qo'lida sovg'a qopchasini ushlagan qorbobo ham archa tagidan joy olgan. Oppoq po'stin kiygan qorqiz Qo'rqmasga kulib qarab turibdi.

Yakshanba kungi shokolad 

Zohir A'lam 

Yakshanba kungi shokoladBotir uyqudan ko‘zini ochdi-yu, onasi yotadigan xonaga yugurdi, qarasa, onasi yo’q. Belanchakdagi ukasi Shavkatjon ham yo'q.

Botirning lab-lunji burilib, hiqillay boshladi. Shoshib ayvon, oshxona, vannaxonalarni ham qarab chiqdi. Onasi u yerda ham yo'q edi. Ana shundan keyin u bor ovozida yig'lashga tushdi.

Botir o'zi yaxshi bola edi-yu, biroq, shu arrilashda mahallada unga yetadigan topilmasdi. Uning ovoziga opasi Dilfuza ham uyg'ondi.

Oyim ketib qoptila! — dedi Botir.

Bu sizga, oyijon

Yoqut Rahimova

Bu sizga, oyijonOna bir kuni bolalariga nisholda surtilgan, orasiga sedana solingan bir dona shirin non olib keldi. U belanchakda yotgan kenjatoyi Shahnozaga shishadan sut berib, bog‘cadan kelgan Nodir bilan Dilnozaga shirin nonni teng ikkiga bo‘lib uzatdi. Shu payt Dilnoza o‘zining bo‘lagini qaytib onasiga berdi:

— Onajon, o‘zingizga qolmadi-ku! Oling, menikidan yeng, ola qoling!

— Yo‘q, asalginam, yeyaver. Mening qornim to‘q! — dedi onasi mehribonlik bilan.

Shivirlab gaplashishdi

Sedugin

Shivirlab gaplashishdiOta bilan o‘g‘ilchasi gaplashib o‘tirishardi. Ular onaning divanda uxlab qolganini sezmay ham qolishdi. Birinchi bo‘lib uni o‘g‘il ko‘rdi.

— Dada, dada, uni qarang, — dedi u shivirlab. — Oyimning qoshlari oldiga ajin tushibdi. Nega bunday bo‘ldiykin?

— Sen tunov kuni kichkina qizchani urganing esingdami? — deb so‘radi dadasi.

— Ana, o‘shaning ertasiga oyingda ajin paydo bo‘ldi.

— Lablari oldidagi ajinlar-chi, ular ham meni deb tushganmi?

Tovush

Muzaffar Zayniddinov

TovushBu derazaga yaqin qo‘yilgan karovat — Guliniki. Ana tokchada qo‘ng‘iroqli soat chiq-chiq yurib turibdi. Har kuni soat jiringlaganda Guli uyqudan ko‘zini ochadi. Keyin soatga qarab gapiradi:

— Meni uyg‘otding-a? Rahmat senga, endi bog‘chamga kech qolmayman-a?

— Oyisi qiziga kulib qarab turadi:

— Guliginam, tura qol, — deydi-da, peshonasidan o‘padi.

Mana shunday. Kun o‘tadi, kech kiradi. Yana yangi tong otadi. Soat bo‘lsa hech tinmay chiq-chiq qilaveradi, charchamaydi.