Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

Rangin qorlar

(Olloyor Begali)

Rangin qorlarQadim-qadim zamonda qish paytlari rang-barang qorlar yog'ar ekan. Ular ba'zan alohida-alohida, ya'ni bir ko'chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, boshqasiga pushti ranglarda yog'ilsa, ba'zan bir joyning o'ziga yetti-sakkiz xili yog'ilib, juda g'aroyib rang-o'yin bo'lar ekan. Qishloqlarda qorbo'ron o'ynagan bolalar maza qilisharkan.

Uloqcha

(Lavrentiy Chichenadze Gruziya)

ertakDunyoda bir Uloqcha yashagan ekan. U juda yoshligida yetim qolibdi. Ammo onasining o'limi oldidan aytgan gaplarini sira yodidan chiqarmabdi.

— Qizginam, o'rmonga bormagin. U yerda dahshatli bo'ri yashaydi. Agar seni ко'rib qolsa, tiriklayin yutib yuboradi, — degan ekan onasi.

Kunlar, kunlar ketidan oylar o'tibdi... Uloqcha ancha katta, ancha kuchli po'lib qolibdi, peshonasida kichkinagina shoxcha ham paydo bo'libdi. 

Sichqon va Chumchuq

(Udmurt xalq ertagi)

Sichqon va Chumchuq ertakBir bor ekan, bir yo'q ekan, Sichqon bilan Chumchuq bo'lgan ekan. Ular juda inoq va ahil yashar ekanlar. Har qanday ishni o'ylashib, maslahatib, kelishib bajarishar ekan.

Kinlardan bir kun Sichqon bilan Chumchuq yo'ldan uch dona javdari bug’doyning donini topib olishibdi. Ikkalasi "Bu donlarni nima qilsak ekan?"- deb uzoq o'ylashibdi. Keyin o'zaro maslahatlashib, donlarni dalaga ekib qo'yishga ahd qilishibdi.

Marsdan kelgan odam

(Turg'unboy G'oyibov)

Marsdan kelgan odamAnorlarining sersharbatligi, shifobaxshligi bilan dunyoga tanilgan bir qishloq bor ekan. Qishloq anorzorlaridan birida qari bir chol bog'bonlik qilar, Zumradxon degan nabirasi unga yordam berar ekan. Bir kuni bog'da ishlayotgan ekanlar, osmondan ularning yoniga boshiga kosmonavtlar qalpog'ini kiygan bir kishi kelib tushibdi. Chol mehmonni ko'rib angrayib qolibdi. Ishini to'xtatib, qaddini rostlabdi. Nimadan gap boshlashni bilmay turgan ekan, Zumradxon qiziqib:

Tomchi haqida ertak

(O‘tkir Hoshimov)

Tomchi haqida ertakQishloq chekkasida, baland tepalik ustida bir tup o'rik bor ekan. U har yil odamlarga ko'p-ko'p meva berarkan. Ammo atrofida boshqa daraxtlar bo'lmagani uchun juda zerikar ekan. Bir kuni ertalab o'rik uyg'onsa, yaprog'ida bir narsa yaraq-yaraq qilib turganmish.

— Sen qanaqa qushsan? — debdi o'rik hayron bo'lib.

— Men qush emasman. Men — Tomchiman, — debdi boyagi yaraqlab turgan narsa.