Ko‘rshapalak, qushlar va yirtqichlar

(Ertak)

Ko‘rshapalak, qushlar va yirtqichlarQushlar bilan yirtqichlar o‘rtasida katta nizo chiqibdi. Ikkala tomon ham o‘ziga qo‘shin yig‘a boshlabdi.

Ko‘rshapalak qaysi tarafga qo‘shilishni bilmay, ikkilanib qolibdi. U turgan shox oldidan o‘tib ketayotgan qushlar:

— Yur, bizlar bilan, — deyishibdi.

Ammo Ko‘rshapalak:

— Men yirtqichman, — debdi.

Keyinroq ini tagidan o‘tib ketayotgan yirtqichlar tepaga qarab shunday deyishibdi:

— Yur, bizga qo‘shil.

Lekin u: — Men qushman, — debdi.

Xayriyatki, oxirgi lahzalarda tinchlik o‘rnatilibdi, hech qanday urush bo‘lmabdi. Shunda Ko‘rshapalak qushlarning oldiga borib ulardan o‘zini xursandchiliklariga sherik qilishlarini so‘rabdi. Ammo hamma qushlar undan yuz o‘girib, uchib ketishibdi. Shundan keyin Ko‘rshapalak yirtqichlarning oldiga boribdi. Biroq tezda u yerdan ham chekinishga majbur bo‘libdi, zero, yirtqichlar uni burda-burda qilishga shay turardilar.

Shunda Ko‘rshapalak o‘ziga shunday dedi:

— Fazilati bo‘lmaganning do‘sti ham bo‘lmas ekan.