Uloqcha

(Lavrentiy Chichenadze Gruziya)

ertakDunyoda bir Uloqcha yashagan ekan. U juda yoshligida yetim qolibdi. Ammo onasining o'limi oldidan aytgan gaplarini sira yodidan chiqarmabdi.

— Qizginam, o'rmonga bormagin. U yerda dahshatli bo'ri yashaydi. Agar seni ко'rib qolsa, tiriklayin yutib yuboradi, — degan ekan onasi.

Kunlar, kunlar ketidan oylar o'tibdi... Uloqcha ancha katta, ancha kuchli po'lib qolibdi, peshonasida kichkinagina shoxcha ham paydo bo'libdi. Biroq qalin o'rmon uni hamon dahshatga solarkan. Uloqcha onasining bo'ridan ehtiyot bo’l, deganini unutmagan ekan.

Uloqcha hech qachon qishloqdan uzoqlashmas ekan. Avvaliga u qishloq yo'li chekkasidagi, keyin devor tagidagi o'tlarni chimdib yurib, oxiri tepalikka ko'tarilibdi.

O'rmonga olib chiquvchi so'qmoq atrofidagi barra o'tlar havasini keltirib turarkan.

Ammo uloqcha bo'rining tishlarini eslashi bilanoq, qishloqqa yugurib qolarkan.

Mana, nihoyat uloqcha o'sib haqiqiy uloqqa aylanibdi. Bir kuni u uyiga baxtiyor va quvnoq holda qaytibdi. U quvonch bilan mangrabdi, sakrabdi, hovlida uyoqdan buyoqqa yugurib, tovuq va o'rdaklarni bezovta qilibdi... Shunaqa to'polon ko'taribdiki, bir qari o'rdak bo'ynini cho'zib:

— Shu qilgan ishing yaxshimi? O'zing xursandchilik qilyapsan-u, bizga hech narsa demaysan. O'zi nima gap? — deb so'rabdi.

— Iye! Hali eshitmadilaringmi? Qari bo'ri o'libdi! Ha-ha-ha, o'libdi. Uloq-chaning quvnoq mangraganini qari bo'ribosar it Boxvera eshitibdi. U oldingi oyoqlariga qo'yib yotgan boshini asta ko'tarib, uloqchaga diqqat bilan qarabdi

— Uloqcha, sen tushunmabsan. Bo'ri o'lgani yo'q, — debdi.

— Qanaqasiga? Demak, meni aldashibdi-da?

— Yo'q, seni hech kim aldagani yo'q. Bo'ri o'ldi, lekin o'z ajali bilan o’lgani yo'q, uni men o'ldirdim! — Qari Boxvera erinchoqlik bilan kerishib, boshini oyoqlariga qo'yib, yana mudrab ketibdi.

Endi uloqcha uchun baxtli kunlar boshlanibdi. Shuning uchunki, xohlagan joyida o'tlar, qishloqdan tashqariga chiqib, kechgacha qolib ketar ekan. Nihoyat, u qo'rqmay o'rmongacha boradigan bo'libdi.

"Axir, bo'ri o'ldirilgan-ku, endi nimadan qo'rqaman!" — deb o'zini tinchlantiribdi u.

Mana, nihoyat, quyosh g'arbga og'ib, daraxtlar yerga uzun soya tashlaganda, endi hech narsadan cho'chimaydigan bo'lib qolgan uloqcha maza qilib o'tlagach, uzoqroqqa ketmoqchi bo'libdi. U joniga tekkan tanish qishloq v tanish hovliga borgisi kelmabdi.

Uloqcha sho'xlik qilib, goh zumrad o'tloqda yugurib goh chopib kelib, yosh daraxtlarning po'stlog'ini uchirib zarb bilan suzib, goh quvnoq mangrab olg'a boraveribdi

Nihoyat u charchab dam olgani to'xtabdi-da, atrofga mamnun alanglabdi-yu...

O'rmondan shoshilmay lapanglab kelayotgan katta kulrang bo'rini ko'rib qolibdi. Uloqcha ko'zlariga ishonmay, quloqlarini ding qilib, ko'zini yumib-ochibdi. Yo'q, tush emas! Haqiqiy tirik bo'ri. Nahotki, qari, vafodor Boxvera aldagan bo'lsa?...

Och, ozg'in bo'ri to'g'ri uloqchaga qarab yuguribdi.

Bechora uloqcha qo'rqqanidan qimirlamay qotib qolibdi, keyin shunday qochib qolibdiki, asti qo'yaverasiz.

Yugurayotib cho'zib-cho'zib mangrarkan, uning ovozini eshitib qishloqdagilar vahimaga tushishibdi.

Boxvera dugonasiga nima bo'lganini darhol tushunibdi. Hovlidan yugurib chiqib, uzoqda yelkasida uloqcha bilan iniga ketayotgan bo'rini ko'ribdi. Uloqcha bo'rining yelkasida qopdek osilib turarkan.

Boxvera yugurib, qaroqchiga yetib olibdi va uning bo'yniga o'tkir tishlarini botiribdi.

Bo'ri uzoq olishibdi, ammo tajribali, qari itni yenga olmabdi. Boxvera jonsiz raqibining tepasida turganida, baxtsiz, baqiraverganidan xirillab qolgan uloqcha shivirlab unga minnatdorchilik bildiribdi.

— Rahmat, do'stim Boxvera! Agar sen bo'lmaganingda, hozir mening suyaklarim ham qolmagan bo'lardi.

— Sen, esi past, nega bunchalik uzoqqa bording? Bo'ri esingga kelmadimi?

— Nega esimga kelmas ekan. Oyim: "O'rmonga bormagin, u yerda dahshatli bo'ri yashaydi", - deb vasiyat qilgan. Sen bo'rini o'ldirgan eding-ku, shuning uchun men..

— Bundan keyin ehtiyot bo'l! Men hamma vaqt ham yordam berolmayman. oyingning vasiyati bilan yashab bo'lmaydi. Miyani ishlatish kerak. Bitta bo'ri o'lgan joyda boshqasi bo'lishi mumkin. Men bittasini o'ldirdim, butun bo'rilar avlodini qirib tashlayolmayman-ku.