Aqlli qarg‘a
(Abdulla Avloniy)
Kunlar yoz fasli o‘ldig‘indan har yerda suvlar qurirmush. Bechora Qarg‘a suv yo‘qlig‘indan nihoyatda suvsarmish. Tillari osilub, har tarafdan suv axtarmoqda ekan, birovning oldinda turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelub boqsa, ichinda suv bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmaydi. Biroz o‘ylandi-da, tumshug‘i ila toshlarni yeg‘ub, ko‘zaning ichiga tashlay boshladi. Oz vaqt ichinda ko‘zaning ostindagi suv ustiga chiqib, tosha boshladi. Aqlli Qarg‘a suvdan ichib, tashnalik balosindan qutulib, uchub ketdi.
*o‘ldig‘indan - bo‘lgani uchun
*suvsarmish - chanqagan ekan
Bilasizmi?
Bu ertak “Turkiy Guliston yoxud ahloq” kitobidan olingan. Ertakdagi ba‘zi so‘zlar biroz murakkab. Bundan yuz yil oldin ota-bobolarimiz shunday gaplashishgan, vaqt oʻtishi bilan hozirgi adabiy tilimiz shakllangan.