Notanish “do‘st”

(Ertak)

 

qurbaqaBir bor ekan, bir yo‘q ekan. Kapa degan qurbaqa bor ekan. U  suvda juda yaxshi suzar ekan. Yana kuylashni xush  korarkan.

Qishning sovuq ammo quyoshli kunlarining birida Kapa muzlagan suv yuzasida o‘tirib, hayol surib turganida, suv ostida bir mavjudodni unga boqib turganini ko‘rib qolibdi.

— Salom, qirg‘oqqa chiq, birga o‘ynaymiz, — deb taklif qilibdi Kapa.

Notanish mehmon nimadir debdi, lekin qurbaqa tushunolmabdi. Bu orada kun ancha ilib, muzlar eriy boshlabdi.

— Kel, birga sakrab quvlashmachoq o‘ynaymiz, — debdi Kapa.

Suv tagidagi mavjudod ham javob qaytaribdi, lekin, Kapa yana tushunmabdi. Ular kechgacha birga o‘ynashibdi. Kech tusha boshlagach Kapaning do‘sti g‘oyib bo‘libdi. Qurbaqa do‘stini ovozi boricha chaqiribdi, lekin hech kim sado bermabdi. Boshini egib, xafa bo‘libdi. Uni bu ahvolda ko‘rgan onasi, sababini so‘rabdi.

— Shunga ham xafa bo‘lasanmi?, — debdi oyisi jilmayib. — U sening suvdagi aksing-ku. Quyosh botayotganda hamma yoq qorong‘u bo‘la boshlaydi va aksing yo‘qoladi.  Ertaga kun chiqishi bilan “do‘sting” suvda yana paydo bo‘ladi. Endi esa yotib uxla, — debdi oyisi.