Xo‘roz bilan bo‘ri

(Ertak)

 

Xo‘roz  bilan bo‘riBir bo‘ri daraxt ustida o‘tirgan Xo‘rozni ko‘ribdi va uni tutib yemoqchi bo‘lib, daraxt ostiga keldi. Hiyla bilan  bechora  Xo‘rozni daraxtdan tushirmoqchi bo‘libdi: "Ey, Xo‘roz o‘rtoq! Men senga bir yaxshi xabar keltirdim. Hayvonlar bilan qushlar o‘rtasida sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmaslikka, biri ikkinchisini tutib yemaslikka qaror qilindi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st  bo‘lib, birga o‘ynaylik", - dedi.  Xo‘roz  Bo‘rining so‘ziga aldanadigan darajada nodon va ahmoq bo‘lmaganidan Bo‘riga qarab shunday dedi:

- Do‘stim, so‘zing rost. Lekin biroz sabr qil. Sendan boshqa ikki  it ham sulh xabarni eshitib, bu yerga kelishmoqda. Hammamiz  birga o‘ynaymiz.

 Bo‘ri  Xo‘rozdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasiga qo‘yib, qocha boshladi. 

Xo‘roz: "Hoy, birodar, nima uchun qochayapsan, o‘rtamizda sulh bor-ku?" - desa. Bo‘ri:

- Oh, do‘stim!  Bu zolim itlar sulhni buzganga o‘xshaydi, - deb qochib ketibdi. Xo‘roz orqasindan: "quq- qa...ru...qu-u...", — deb qichqirib qolibdi.