Til va yurak

(Rivoyat)

rivoyatLuqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmu hikmatni gohi-gohida sinab ko‘rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:

- Ey Luqmon, menga bir qo‘yni so‘yib, eng yaxshi a’zosini olib kelgin.

- Bosh ustiga, - dedi Luqmon va qo‘yni so‘yib, tili bilan yuragini xojasiga eltdi.

 Ancha muddat o‘tgandan keyin xoja uni yana chaqirib, dedi:

- Ey Luqmon, bir qo‘yni so‘ygin-da, menga uning eng yomon a’zosini olib kelgin.

Luqmon qo‘yni so‘yib, yana tili bilan yuragini ko‘tarib keldi.

Xoja dedi:

- Nega qo‘yning eng yaxshi a’zosini so‘rasam ham, eng yomonini so‘rasam ham til va yurakni ko‘tarib kelding?

Luqmon dedi:

- Ey xoja, agar pok bo‘lsa, hech narsa til va yurakdan yaxshi emas. Agar nopok bo‘lsa, hech narsa ulardan yomonroq emas.