Urushqoq gul va bola

(Zamira Ibrohimova)

Urushqoq gul va bolaAziz keyingi paytlarda juda o'zgarib qoldi. Qulog'iga gap kirmaydi, o'rtoqlari bilan hech chiqisha olmaydi. Kim bilan o'ynasa, turtadi, uradi, o'yinchoqlarini tortib oladi-da, sindirib tashlaydi. Shuning uchun bolalar uni “urushqoq” deb atay boshladilar.

Bugun ham shunday bo'ldi. Aziz birpasda o'rtoqlari Dilnoza, Dilmurod, Shuhratni yig'latdi-da, bir o'zi qumlarni har yoqqa sochib, o'ynay boshladi. nariroqda turgan bolalarga bir qarab: "Bilib qo'yinglar, men shunaqaman". deganday kerilib, uylari tomon yurib ketdi. Uyga kiriboq ukasi Ahmadning o'ynab turgan qizil mashinachasini tortib oldi...

Oysha

(Yoqubjon Shukurov)

ertaklarQadim zamonda dongdor bir boy bo'lgan ekan. Boyning kambag'al chol-kampir xizmatkori bo'lar ekan. Chol boyning o'tinini yorar, suv keltirar, ot, sigir-buzoqlarini, qo'y-qo'zilarini boqar, kampir esa boy xonadonida kir hovli supurar, butun ro'zg'or ishlarini bajarar ekan. Ularning yolg'iz Oysha qizi bo'lib, u goh otasiga, goh onasiga ko'maklasharkan, ishga juda chechan ekan.

Ko p o'tmay, qiz bechoraning avval otasi, so'ngra onasi vafot etibdi. Endi ular bajaradigan ishlarning hammasi Oyshaga qolibdi

Quyoncha bilan tulkicha

(Rahmat Azizxo‘jayev)

Quyoncha bilan tulkichaKenja quyon uyasidan o'ynab chiqqanicha yugurishga havasi kelib ketdi. Yugurganda ham, bir gal onasi boshlab borgan jarliklardan ham ichkari kirib ketdi. Quyonchaga hammayoq ajoyib ko'rinar, ba'zan o'z-o'zidan hurkisa hamki, go'yo biror mahluq quvlaydigan bo'lsa, o'zini hech qaysisiga yetkazmaydigan his etganidan quvonar, o'ynoqlagani-o'ynoqlagan edi. U jarlikning naq belidan o'ynab chiqayotgan "qaynar buloq"qa yetganda, o'zidan sal kattaroq, quloqlari o'zinikiga qaraganda kalta bo'lgani bilan, dumi qamish ro'vagiday hilpiragan bir maxluqqa ko'zi tushdi.

Botir O‘rdakcha

(Boris Jitkov)

Botir O‘rdakchaHar kuni ertalab uy egasi o'rdakchalarga likopchani to'ldirib qiymalangan tuxum eltardi. U likopchani nihol oldiga qo'yib, o'zi ketardi.

O'rdakchalar likopcha oldiga qarab chopishlari bilan, bog'dan kattakon bir ninachi uchib kelib, ular ustida aylana boshlardi.

U shunday vahimali chirillar ediki, qo'rqqanlaridan o'rdakchalar qochishib, o'tlar ichiga yashirinardilar. Ular ninachi hammamizni chaqib oladi, deb qo'rqar edilar.

Rangin qorlar

(Olloyor Begali)

Rangin qorlarQadim-qadim zamonda qish paytlari rang-barang qorlar yog'ar ekan. Ular ba'zan alohida-alohida, ya'ni bir ko'chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, boshqasiga pushti ranglarda yog'ilsa, ba'zan bir joyning o'ziga yetti-sakkiz xili yog'ilib, juda g'aroyib rang-o'yin bo'lar ekan. Qishloqlarda qorbo'ron o'ynagan bolalar maza qilisharkan.

Uloqcha

(Lavrentiy Chichenadze Gruziya)

ertakDunyoda bir Uloqcha yashagan ekan. U juda yoshligida yetim qolibdi. Ammo onasining o'limi oldidan aytgan gaplarini sira yodidan chiqarmabdi.

— Qizginam, o'rmonga bormagin. U yerda dahshatli bo'ri yashaydi. Agar seni ко'rib qolsa, tiriklayin yutib yuboradi, — degan ekan onasi.

Kunlar, kunlar ketidan oylar o'tibdi... Uloqcha ancha katta, ancha kuchli po'lib qolibdi, peshonasida kichkinagina shoxcha ham paydo bo'libdi. 

Sichqon va Chumchuq

(Udmurt xalq ertagi)

Sichqon va Chumchuq ertakBir bor ekan, bir yo'q ekan, Sichqon bilan Chumchuq bo'lgan ekan. Ular juda inoq va ahil yashar ekanlar. Har qanday ishni o'ylashib, maslahatib, kelishib bajarishar ekan.

Kinlardan bir kun Sichqon bilan Chumchuq yo'ldan uch dona javdari bug’doyning donini topib olishibdi. Ikkalasi "Bu donlarni nima qilsak ekan?"- deb uzoq o'ylashibdi. Keyin o'zaro maslahatlashib, donlarni dalaga ekib qo'yishga ahd qilishibdi.