Marsdan kelgan odam

(Turg'unboy G'oyibov)

Marsdan kelgan odamAnorlarining sersharbatligi, shifobaxshligi bilan dunyoga tanilgan bir qishloq bor ekan. Qishloq anorzorlaridan birida qari bir chol bog'bonlik qilar, Zumradxon degan nabirasi unga yordam berar ekan. Bir kuni bog'da ishlayotgan ekanlar, osmondan ularning yoniga boshiga kosmonavtlar qalpog'ini kiygan bir kishi kelib tushibdi. Chol mehmonni ko'rib angrayib qolibdi. Ishini to'xtatib, qaddini rostlabdi. Nimadan gap boshlashni bilmay turgan ekan, Zumradxon qiziqib:

Tomchi haqida ertak

(O‘tkir Hoshimov)

Tomchi haqida ertakQishloq chekkasida, baland tepalik ustida bir tup o'rik bor ekan. U har yil odamlarga ko'p-ko'p meva berarkan. Ammo atrofida boshqa daraxtlar bo'lmagani uchun juda zerikar ekan. Bir kuni ertalab o'rik uyg'onsa, yaprog'ida bir narsa yaraq-yaraq qilib turganmish.

— Sen qanaqa qushsan? — debdi o'rik hayron bo'lib.

— Men qush emasman. Men — Tomchiman, — debdi boyagi yaraqlab turgan narsa.

 

Danak ichidagi daraxt

(Aziz Abdurazzoq)

Danak ichidagi daraxtBir bor ekan, bir yo'q ekan,

Bir yo'q ekan, bir bor ekan.

Shahrimizda chaqqon, dono

Ra'no degan qiz bor ekan.

U yashagan hovli bog'day,

Daraxtlari ko'p-ko'p ekan,

Yoz kelganda ko'm-ko'k ekan.

Hovlidagi bir tup o'rik

Oynadagi qurbaqa

(Donald Bissed)

Oynadagi qurbaqaYorug' jahonda Rojer degan kuchukcha yashardi. Uzzukun oynaga qaragani-qaragan edi, — Rojer, oynaga qarashni bas qil-chi! — derdi onasi. Rojer oynaga qarar ekan: "Men eng chiroyli kuchukman", — deb dumlarini likillatib qo'yardi.

Kunlardan birida Rojer o'ynagani ko'chaga chiqib ketibdi. Onasi devordagi oynani olib, bo'sh oyna raxining o'zini osib qo'ydi. So'ngra hovlisi atrofidagi ko'lmakda yashayotgan qurbaqani chaqirdi va undan oyna raxiga chiqib turishini iltimos qildi.

Rojer uyga keliboq oynaga chopdi.

Velosiped haydagan qo‘g‘irchoq

(Mahmud Murodov)

qo‘g‘irchoqBir kuni Nazira degan qiz bog‘chasiga bormabdi. Bog'chaga kelgan bolalar shkafdan o'yinchoqlarini olib, o'ynay boshlashibdi. Naziraning qo'g'irchog'i yolg'iz qolibdi. U egasini uzoq kutibdi, lekin Naziradan darak bo'lmabdi. Oxiri qo'g'irchoqqa alam qilibdi-da, shkafchadan sakrab tushib, ko'chaga yo'l olibdi. Yo'lakda Rustamning uch g'ildirakli velosipedi turgan ekan, qo'g'irchoq unga minib, Naziraning uyiga jo'nabdi.

Dum-dumaloq qo‘ng‘iz

(Aziz Abdurazzoq)

Dum-dumaloq qo‘ng‘izDum-dumaloq Qo'ng'iz yurgan yo'lida ko'pincha dumalab-dumalab ketar ekan. Juda ham semizlikning foydasi yo'q-da. U to'ppa-to'g'ri, tep-tekis yo'lda imillab-simillab bo'lsa ham yura olar ekan-u, ammo do'ng joylarda, o'ydim- chuqur yo'llarda, goh tepaga chiqishda, goh pastga tushishda yumalab ketar ekan. Shunaqa vaqtda dumalab-dumalab, keyin to'g'ri turib qolsa yaxshi, biroq chalqancha tushib, oyog'i osmondan bo'lib qolsa, uzoq vaqt tipirchilab, g'o'ng'illab, to'ng'illab yotar ekan.

Qarg'avoy

(Ertak)

Qarg'avoyBir bor ekan, bir yo'q ekan, kap-katta ochko'z Qarg'avoy bo'lgan ekan. Kunlardan bir kuni Qarg'avoyning ovi baror olmay, qorni och qoldi. U ov qidirib, ko'p sarson bo'ldi.

Yuraverdi, yuraverdi. Uchaverdi, uchaverdi. Eng oxiri dengiz labiga borib qoldi.

Dengiz bo'yida barragina qo'zichoq o'tlab yurar edi. Qarg'a uchib borib, qo'zichoqning qoq beliga qo'ndi.