Yo'lbars bilan mushuk

(Nozim Hikmat)

Yo'lbars bilan mushukBilmayman, sizlar eshitganmisizlar yoki yo'qmi, yo'lbars bilan mushuk qarindosh ekanlar. Mushuk yo'lbarsga tog'a emish.

Ajoyib kunlarning birida, aytaylik, seshanba kuni... Nima uchun faqat seshanba kuni bo'larkan, deb so'rashingiz mumkin. Bo'lmasa, chorshanba kuni deylik... Nima uchun chorshanba kuni? Mayli, ana, payshanba bo'la qolsin... Nega? Yaxshi, boshida qanday boshlagan bo'lsak, ya'ni "ajoyib kunlarning birida" deb boshlayveraylik. Shunday qilsak, maqsadga muvofiq ish qilgan bolamiz.

Tulki bilan Sichqonboy

(Vitaliy Bianki)

Tulki bilan Sichqonboy– Sichqonboy, sichqonboy, nega burning iflos?

– Yer qazidim.

– Nimaga yer qaziding?

– In yasadim.

– Nima uchun in yasading?

– Sen tulkidan yashirinish uchun.

– Sichqonboy, sichqonboy, men seni poylab o’tiraman!

– Uyamda to’shagim bor, uxlab yotaveraman, chiqmayman.

Gullar va shamol

(Rauf Tolib)

Gullar va shamolBir bor ekan, bor bolganda ham, bir-biridan chiroyli, bir-biridan xushbo’y gullar bor ekan. Tong chog’ida yellar mayin esganida ular asta-sekin tebranishar, raqsga tushisharkan. Quyosh bobo kokda jilmayib koringanida, gullar yana ham ochilib ketisharkan. O’tgan-ketganlarning ularga havasi kelarkan. Lekin ular ortasidagi bahsni hech kim eshitmas ekan. Faqat shamolgina…

– Gullar ichida eng sarasi ozimman, - debdi oltindek yaraqlagan sariq gul him-him tovlanib. – shu’la sochishda quyoshga oxshayman. Qarab turib, quyoshning ham menga havasi keladi.

Quyonchaning uychasi

(Ertak)

Quyonchaning uychasiBir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi — muzdan, quyonniki — daraxtning postlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi.

Quyoncha yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qoldi:

— Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig’layapsan?

Ko‘rshapalak, qushlar va yirtqichlar

(Ertak)

Ko‘rshapalak, qushlar va yirtqichlarQushlar bilan yirtqichlar o‘rtasida katta nizo chiqibdi. Ikkala tomon ham o‘ziga qo‘shin yig‘a boshlabdi.

Ko‘rshapalak qaysi tarafga qo‘shilishni bilmay, ikkilanib qolibdi. U turgan shox oldidan o‘tib ketayotgan qushlar:

— Yur, bizlar bilan, — deyishibdi.

Ammo Ko‘rshapalak:

— Men yirtqichman, — debdi.

Keyinroq ini tagidan o‘tib ketayotgan yirtqichlar tepaga qarab shunday deyishibdi:

— Yur, bizga qo‘shil.

Luqmoni hakin

(Ertak)

Luqmoni hakinLuqmoni Hakim dunyoga dong‘i ketgan tabib ekan. U odamlarning dil-dilini, giyohlarning, jamiki hayvon, jonli-jonsiz mavjudodlarning tilini ham bilar ekan. Ular xastalansa, dardga chalinsa, davolar ekan.

Kunlardan bir kuni bir kishining ko‘zi qattiq og‘rib qolibdi. U ko‘zini juda ko‘p tabiblarga ko‘rsatibdi, davo topa olmabdi, olim-u ulamolarga boqtiribdi, shifolanmabdi. Oxiri izlab-izlab, uzoqbir o‘lkada yshovchi Luqmoni Hakim haqida darak topib, uning oldiga boribdi. 

Beruniyning dam olish kunlari

(Ertak)

Beruniy yiliga ikki martagina dam olarkan. Birinchisi Navro‘z bayrami boshlangan kuni, ikkinchisi bug‘doyga birinchi o‘roq tushganda.

Dillarni xushnud etib Navro‘zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o‘rnilaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarni kiyib, qarindosh-urug‘larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar. Ular blan birga bo‘lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo‘sh qo‘shishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan…