Och bo‘ri

(Ertak)

Och bo‘riBor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, bir och bo‘ri bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u don yeb yurgan bir xo‘rozni ko‘rib qolibdi. Bo‘ri xo‘rozni ushlash payiga tushibdi. Xo‘roz qanotini yozib qaq-qaq, deyman deb turgan ekan, bo‘ri lip etib kelib xo‘rozning qanotidan tishlab olibdi. Xo‘roz ko‘rsa, bo‘ri uni mahkam ushlab turgan emish. Shunda xo‘roz so‘rabdi:

— E bo‘ri, meni nima qilmoqchisan?

— Men seni yeyman, — debdi bo‘ri.

— Meni shundayligimcha yesang hech maza qilmaysan, yeydigan bo‘lsang kashnich, piyoz bilan yeginki, dunyoda bir maza qilgin, — debdi xo‘roz.

Bulbul

(Ertak)

BulbulQadim zamonda boy savdogar bo‘lib, uning turli mamlakatlardan keltirgan qimmatbaho buyumlari juda ko‘p edi. U qayerga bormasin, esdalik uchun biror yaxshi narsa olib qaytardi-da. Savdogarning uyida bir bulbul bor edi. U kumushdan yasalgan katta va chiroyli qafasda yashardi. Savdogar undan hech narsani ayamasdi. Xizmatkor bulbulga har kuni – tongda, tushlikda va oqshomda sadaf idishda suv va eng sara donlardan olib kelardi. Bulbul g‘am-tashvishsiz, farovon yashardi. Kuylashda unga yetadigani yo‘q edi. 

Farosatsiz eshak

(O‘zbek xalq ertagi)

Farosatsiz eshakBir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir eshak bo‘lgan ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.  Kunlardan bir kuni u bir bog‘ga kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun tarvuz-u qovoqlar pishib yotgan emish.

Eshak darxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat bo‘libdi.

Shalpang quloqlarini qimirlatib:

- Xudoyim-ku hamma narsani bilib yaratgan-a, lekin ko‘p narsalar borki, ularni boshqacharoq qilib yaratish kerak edi-da, — debdi.

Qizg‘anchiq it

(Ertak)

Qizg‘anchiq itBir bor ekan, bir yo‘q ekan.  juda ochko‘z kuchuk bor ekan. Bir kuni u sheriklari bilan talashib, kattakon bir suyakni olib qochibdi. U suv ustidagi yakka cho‘pdan o‘tayotsa, suvda bir it og‘zida katta suyak tishlab, ko‘zlarini olaytirib itga tikilib turgan emish. It: “Ir-r,ir-r-r”, — deb tishini irjaytirgan ekan, suv ichidagi it ham tishini irjaytiribdi.

Suv va Daraxt

(Zamira Ibrohimova)

Suv va DaraxtBir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda bir Daraxt va Buloq bo‘lgan ekan.

Ular yonma-yon yashar ekanlar. Buloq endigina ko‘z ochgan, sho‘x-sho‘x qaynab chiqayotgan suvlari kichkinagina ariq hosil qilgan ekan. Nihol esa nozikkina, sal shamol tursa, butun tanasi chayqalib-chayqalib ketarkan…

Oradan kunlar, oylar, yillar o‘tibdi. Buloq suvi katta ariqni to‘ldirib oqa boshlabdi. Nihol ham ko‘kka bo‘y cho‘zib, sarvqomat daraxtga aylanibdi.

Kim aqlli

(Mkritch Koryun)

Kim aqlliIkki chumchuq chug‘urlashib qolishibdi.

— Men aqlliman!

— Yo‘q, men aqlliman!

— Sen emas, men!

Bu bahsni qizilishton ko‘rib turgan edi.

— Sen ayt-chi, qaysi birimiz haqmiz? — deb so‘rashdi undan janjalkash chumchuqlar.

To‘p

(Mahmud Murodov)

To‘pBir to‘p bor ekan. U dum-dumaloq, bir tomoni loladek qizil, bir tomoni gul bargidek yashil, juda chiroyli ekan. Uning qo‘li ham, oyog‘i ham bo‘lmagan ekan. Shunga qaramay, tinib-tinchimas ekan. Hali osmonga sakrar, hali yerga tushar, hali chetga sapchir, hali o‘tloqqa yumalarkan. Ba’zan karovat tagiga kirib, jim yotarkan.

Bolalar to‘p ketida quvlashar, lekin to‘p tutqich bermay qochaverarkan. Bir kuni to‘p sakrab, tomga chiqib olibdi.