Ertaklar mamlakatida

(Ilhom Zoir)

Ertaklar mamlakatidaUch o‘rtoq baravariga shu so‘zni aytishgandi, qasr darvozasi oldida paydo bo‘lishdi. Darvozani sovut va dubulg‘a kiygan, qo‘llarida qilich-qalqon tutgan ikkita soqchi qo‘riqlardi. Ularning birini Sarijon, ikkinchisini Qorajon der edilar.

– Sizlarni bu mamlakatda ko‘rmaganmiz! – dedi Sarijon uch o‘rtoqqa savol nazari bilan qarab. – Qaysi shahardan keldingizlar?

– Тoshkent degan shahri azimdan keldik! – dedi Kozim.

Soqchilar bir-birlariga yelka qisib qo‘yishdi.

–Тoshkentdan?! – dedi ajablanib Qorajon. – U qanaqa shahar?

Sehrli qalam

(Ilhom Zoir)

Sehrli qalamSherzod rasm chizishga qiziqqani uchun dadasi unga rangli qalamlar to‘plamini olib bergan edi. U qalamlarning birini yo‘nib, rasm daftariga baliq suratini chizgandi, baliqning qanoti qushnikiga o‘xshab qoldi. Unga jon kirib, qushdek uchib xonani bir-ikki jonsaraklarcha aylandi-da, o‘zini tashqariga urib derazadan chiqib ketdi. Sherzodning hayrati oshdi va rasm daftariga «qo‘g‘irchoq» deb yozgandi, yonida qo‘g‘irchoq paydo bo‘ldi.

Sherzod qalamning sehrli ekanligini bilib qoldi. Ertasi kuni bu haqda o‘rtog‘i Kozim bilan Akmalga aytdi. Ular darsda yana qalamning sehrini tsinab ko‘rishdi. Shunda Sherzodga ajoyib fikr keldi.

Shaharlik bola

(Ilhom Zoir)

Shaharlik bolaSherzod Toshkent shaharidagi 229-maktabning beshinchi sinf o‘quvchisi. Maktab uylariga yaqin, katta ko‘chaning narigi betida. Sherzod maktabni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun biror marta ham darslarni qoldirmaydi. Matematika uning sevimli fani. Har bir raqam mo‘jiza, har bir dars sirli-sehrli olam uning uchun. Kozim bilan Akmal Sherzodning ajralmas do‘sti. Sinf rahbari Dilbar opa ularni «Uch og‘ayni botirlar» deydi. Hali biror qahramonlik ko‘rsatishmagan, lekin ularning ajralmas do‘stligi qahramonlik. Buyam Dilbar opaning gapi.

Tulki bilan xo‘roz

(Ertak)

Tulki bilan xo‘rozRostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi. Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib:

— Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? — deb so‘rabdi.

Xo‘roz unga qarab debdi:

— Nima, yugurib borib seni quchoqlab olaymi?

To‘g‘ri davo

(Ertak)

To‘g‘ri davoBir semiz podshoh bor ekan. Hattoki bo‘ynini qashlashga ham qo‘li yetmas ekan. U barcha tabiblarni yig‘ib, dardiga davo topishlarini so‘rabdi. Tabiblar uni qancha davolashmasin, foydasi bo‘lmabdi. Oxiri bir aqlliroq tabib topilibdi. U podshohning bilagini ushlab ko‘rib: — Agar podshohi olamga ma’qul bo‘lsa, tabiatdagi dorilarni o‘rganib chiqay, shundan keyin ulardan birini sizga tavsiya qilay, — debdi.— Juda yaxshi, — debdi podshoh. Tabib ketibdi va ertasiga ertalab kelib podshohga:— Sizni davolash uchun hech qanday dori topolmadim, — deb ma’lum qilibdi.— Bu qanaqasi? — deb baqiribdi podshoh.

Gullar majlisi

(Ertak)

Gullar majlisiHar yilning oxirida barcha gullar bir joyga to‘pla­nib, bir-birlariga o‘zlarining eng yaxshi ishlari haqida gapirib berar edilar.

Qaysi gul eng yaxshi, oliyjanob ishni qilgan bo‘lsa, o‘sha mukofotlanar edi.

Bu safar ham barcha gullar juda katta va soya salqin bog‘da to‘plandilar. Bu safar rais Xrizantemaxonim bo‘ldi. Barcha gullar allaqachon kelib bo‘lganiga qaramas­dan, dastargul, nargis, lolaqizg‘aldoq negadir ko‘rinmas edilar.

– Ularsiz boshlashga to‘g‘ri keladi – dedi Xrizantema­xonim.

Shunday qilib bahs-munozara boshlandi va har bir gul o‘zi haqida so‘zlay boshladi.

Laylak bilan Tulki

(Ertak)

Laylak bilan TulkiLaylak bilan tulki do’st bo’lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:

— Tulkiboy, sen uyga qarab o’tir Men uchib borib o’zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay,— debdi.

Tulki rozi bo’lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. Laylak ovga ketibdi. Tulki uyda o’zining va laylakning bolalariga qarab o`tiraverib oradan besh kun o’tibdi, olti kun o’tibdi, laylakdan darak bo`lmabdi. Tulkining qorni nihoyatda ochib, holdan ketay deb qolibdi, ochdan o’lar holga kelibdi.