Ayyor bilan sodda

(Ertak)

Ayyor bilan soddaBir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan.

Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi:

— Agar biz oltinlarni shaharga olib kirsak, kishilar bilib qolib, oltinlarni tortib olishadi. Yaxshisi ularni ko‘maylik-da, kerak vaqtida, oz-ozdan, olib sarflaylik.

Botir

(Ertak)

BotirBir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda Botir ismli bir yigit bor ekan. Qari onasidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Ona-bola kundalik tirikchiliklarini zo‘rg‘a o‘tkazishar ekan. Kunlardan bir kuni uyda chaksa un ham qolmabdi. Botir yarim qop bug‘doyni ko‘tarib, un qilish uchun tegirmon izlab ketibdi.

Yo‘lda xashak orasidan ikkita tuxum topib olibdi. “Bu ham xudoning marhamati”, deb cho‘ntagiga solib biroz yuribdi. Qarasa, yo‘lda bir xurmacha qatiq turgan emish. Botir sevinib, xurmachani qo‘liga olibdi. So‘ngra “Buni tegirmonga olib borsam, tegirmonchilar ichib qo‘yishlari aniq, bu yerga qo‘yib ketsam, boshqa yo‘lovchi ichib qo‘yadi”, deb o‘ylabdi-da, uni yerga ko‘mib ketibdi.

Magrur oqqush

(Ertak)

Mag‘rur oqqushBir kuni o‘rmondagi ko‘lga chiroyli oppoq qush uchib keldi. Uning qanotlari qordek oq bo‘lib, bo‘yni uzun edi. U qanotlarini yozganda atrofga suvning mayda zarrachalari sochilar va xuddi ertaklardagidek manzara paydo bo‘lar edi.

Qushni birinchi bo‘lib quyoncha ko‘rdi. Uning go‘zalligidan lol qolib anchagacha yoniga kela olmay uzoqdan tomosha qildi. Nihoyat yurak yutib ko‘l yoniga keldi va qushga dedi:

— Salom, mening ismim Quyonvoy, sen kimsan?

Halollik

(Ertak)

HalollikO‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi.

Yerni olgan odam bir qalin og‘aynisidan qo‘sh ho‘kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay hayday beribdi. Qaytib o‘sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag‘al dehqon: «Ilgari bu yerda daraxt bo‘lgan, uning to‘nkasi qolib ketgan shekilli», — deb o‘ylabdi.

Yetti dangasa

(Ertak)

Yetti dangasaBir kuni yetti dangasa bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yig‘ishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi.Olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga o‘tishibdi. Ular atrofga qarasalar, qo‘llarini yuvish uchun suv ko‘rinmabdi. Shunda ularning eng kattasi boshqalariga suv keltirishni buyuribdi. Ular bir-birlariga sansalorlik qilib, hech qaysisi unamabdi.

Shunda dangasalar bir-biriga shart qo‘yishibdi,

«Agar-da kim gapirsa, o‘sha qo‘lga suv olib kelib quysin», deyishibdi. Shunday qilib, dangasalar indamasdan o‘tiraverishibdi.

Qarg‘a bilan qo‘zi

Ertak

Qarg‘a bilan qo‘ziBor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.

Bir qarg‘a bilan qo‘zi bor ekan. Qarg‘a qo‘zi yoniga borib:

— Seni yeyman, — debdi.

— Meni yeyishga yeysanu, tumshug‘ing harom, daryoga borib chayqab kelib, undan keyin yegin, — debdi qo‘zi.

Qarg‘a tumshug‘ini chayqagani daryoga boribdi. Daryo suvini pastga tortib olib:

— Mendan odamlar suv ichadi, sening tumshug‘ing harom, Ustaboy kuloldan bitta ko‘za olib kelgin, suvni men beray, sen suvni olib u yoqda chayqagin, — debdi.

Bo‘ri bilan mergan

Ertak

Bo‘ri bilan merganBor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq toq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.

Bir mergan bor ekan. U mergan ovga chiqibdi. Bo‘ri uchrab quvib ketibdi. Bir joyda chol xirmon sovurayotgan ekan. Bo‘ri yugurib kelib, cholga:

— Ota, bir mergan quvib kelayotibdi, meni bekitib qo‘ying, — debdi. Chol «xo‘p» deb, bo‘rini qopga solib, ustiga poxol yopib bekitib qo‘yibdi. Mergan cholning oldiga kelib:

— Hoy chol, shu yerdan bo‘ri o‘tdimi? — debdi. Chol:

— Men o‘zim bo‘ridan qo‘rqaman, hech narsa ko‘rgaiim yo‘q, — debdi.