Planshet

(Shahnoza Bahromjanova)

PlanshetBir kuni planshet varaqlari to‘zib ketgan ertak kitobi bilan bahslashib qolibdi:

—Bilasanmi, men shunday qudratlimanki, senday kitoblarning ming-mingtasini yuklab olishim mumkin. Insonlar mendan foydalanib o‘zlarini qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni olishlari mumkin, — debdi mag‘rurlanib.

Shunda kitob og‘ir bosiqlik bilan shunday debdi:

Toshbaqaning hikoyasi

(Anvar Obidjon)

Toshbaqaning hikoyasiDushanba og‘ir kun deganlari to‘g‘ri ekan. Bugun havo shunaqayam isib berdiki, nafas olsang, xuddi cho‘g‘ yutayotgandek boֲ‘lasan. Hali hech qancha yo‘l yurganim yo‘g‘-u, sillam qurib, tomog‘im qaqrab ketdi. Odamlarning bolalariga maza-da. Ular bunaqa paytda salqin joyni topvolishib, muzdek sharbat ichib o‘tirishadi, yo bo‘lmasa, burunlarini tortib-tortib, muzqaymoq yalashadi. Umuman, toshbaqa bo‘lib ming yil sudralgandan ko‘ra, odam bo‘lib yuz yilgina yashagan ma‘qul ekan.

Sovg'a

(Shahnoza Bahromjonova)

Sovg'aPuchuqvoy hech qachon birovdan xat olmagan va birovga ham yozmagan. Xat tashuvchi qarg‘avoy  unga konvertni tutqazganida hayron bo‘ldi. Maktubni shosha pisha ochib qarasa, bolalikdagi do‘sti Baroqvoydan ekan. “Hurmatli do‘stim Puchuqvoy! Seni judayam sog‘indim. Seni uyimga mehmonga taklif qilaman”, deb yozilgan ekan. Puchuqvoy nima qilarini bilmay qoldi. Axir shaharga borish tugul qishlog‘ini ham tuzukroq bilmas edi-da. Nima bo‘lsa bo‘ldi deb, yo‘lga tushdi.

Yovvoyi olcha va xonqiz

(Saida Ibodinova)

ertaklarBaland, yam-yashil barglari shovullagan daraxtlari ko‘p bir o‘rmon bo‘lgan ekan. O‘rmon o‘rtasidagi kichkina sayhonlik zumrad maysalar bilan qoplangan bo‘lib, turfa rangdagi gullar o‘tloqqa juda yarashgandi. Bu gullar orasida katta, baquvvat, gulbarglari oppoq moychechak ichida esa xonqizi yashar ekan. U bir kuni ertalab uyg‘onganida o‘tloqcha chekkasidan ingragan ovoz eshitilibdi. Xonqizi hayron bo‘lib atrofga alanglabdi va xol-xol ko‘ylagini to‘g‘irlab o‘sha tomonga uchibdi. Qarasa, ingrayotgan nozikkina yovvoyi olcha daraxti ekan.

Lolaning orzusi

Shahnoza Bahromjanova

ertaklarBahorning iliq kunlaridan birida, Anvarjonlarning darvozasi yonida bir lola unib chiqibdi. Qarasa, atrofida turli xil gullar bo‘y taratib turgan ekan. Atirgul, boychechak, binafshalarga qarab jilmayipti-yu, o‘ziga o‘xshagan lola yo‘qligidan biroz o‘ksinibdi. Shuning uchun u o‘zini yolg‘iz his qilibdi.

Bir kuni ertalab, quyosh nurlarining tarovatida lola g‘unchasini erkalanib ochibdi. Qo‘shni darvoza etagiga qarasa, huddi o‘ziga o‘xshagan lola unga hayrat ko‘zi bilan boqib turgan emish.

Ayiq nima dedi?

 

Ayiq nima dedi?Bir kuni ikki do‘st o‘rmonda ketayotgan ekan, to‘satdan oldilaridan bir ayiq chiqib qolibdi va ularga hamla qilibdi. Ulardan biri tezda qochib ketibdi-da, yashirinib olibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgurolmay qolibdi. Shunda yerga yiqilib, o‘zini o‘likka solib, jimgina yotaveribdi. Ayiq uning yoniga kelib, hamma yerini iskab ko‘rgach, o‘lik gumon qilib, qaytib ketibdi.

G'oz bilan turna

(Ertak)

G'oz bilan turnaKunlardan bir kun semiz, dangasa bir G‘oz ko‘lning bo‘yida mudrab o‘tirgan ekan, tasodifan uning yoniga Turna qo‘nibdi. Turna G‘ozning qarshisida juda ham ozg‘in va nimjon ko‘rinbdi. Olifta G‘oz uni masxara qilib kulibdi:
— Menga qara, og‘ayni Turna! Namuncha chakak-chakak bo‘lib ozib ketibsan? Qoq suyaging qolibdi-ku. Xuddi yoz bo‘yi hech narsa tatimaganga o‘xshaysan-a?