Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

2017 yil xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Jaqqi

Anvar Obidjon

JaqqiShunaqasiyam bo‘lib turadi – kimdir O‘g‘iloyning jig‘iga tegib qo‘yadi. Achchig‘i chiqdimi – birdan qovog‘i solinadi, sochlari kirpitikonning ignalaridek tikkayadi, ko‘zlaridan uchqun chaqnab, jajji lablari giloschaga o‘xshab cho‘chchayadi. “Ha, nima bo‘ldi?” – desangiz, toshdek qotib, indamay turaveradi.

Boshqa paytlarda undan xushchaqchaq, undan shirin qiz yo‘q. Bir so‘zamolligi qo‘zisa, uydagilarni gapga tutib charchatadi.

Qadrdon yig‘ilar

Anvar Obidjon

Qadrdon yig‘ilarMen, derazasini lang ochib qo‘yib, nonushta qilishni yoqtiradigan boloxonaning shundoqqina tagidan torgina yo‘l o‘tgan. Yo‘lning narigi beti – bolalar bog‘chasi. Bog‘chaga qatnaydigan tirmizaklar menga shu qadar yodaki bo‘lib ketganki, ularni ko‘rmay turib, tovushidanoq adashmay tanib olaman.

Kuzatib keladigan kattalar otini aytib chaqirganda, ba’zilarining ismi esimda qolgan. Ko‘pchiligiga esa, o‘zimcha laqab to‘qib olganman.

Gulixonning gulzorchasi

Anvar Obidjon

Gulixonning gulzorchasiGulixon oynavand ayvonda nonushta qilib bo‘lib, tashqiga chiqdi-yu, to‘g‘ri gulzorcha tomonga chopqilladi. Bu – o‘z-o‘zining gulzorchasi. Buvisi erta bahorda ariqcha yoqasidagi yerning supradekkina joyini ketmonda yumshatib berdi. Gulixon gul urug‘larini sepib, yog‘och sopli qushtirnoqda ularni tuproqqa aralashtirdi. Mana, kunlar zuvillab o‘tib, pechakgul-u sapsarlar, chinnigul-u qistako‘zlar ranggo-rang bo‘lib ochildi. Uzoqdan qarasang, atlas ro‘molchaning o‘zginasi.

Gulixon gulzorchasining chiroyidan ko‘z uzolmay, zavqi toshib turganda, “viz-z” etgan tovush eshitildi.

Maqtanchoq

Anvar Obidjon

MaqtanchoqMardivoy haqida gap ketgudek bo‘lsa, “maqtanchoq” degan so‘zni ham albatta qo‘shib aytishadi. Odam, maqtanchoq bo‘lganga yarasha, sal botirroq bo‘lsa-ku, bir nav. Ammo, uchragan kimsaga osmondan kelib gapirsa-yu, o‘zi chumchuq “pir-r” etsa, yuragi “shir-r” etadiganlar sirasiga kirsa, ko‘pchilikka masxara bo‘lgani qolarkan.

Mardi-maqtanchoq uzoqdan ko‘rindi deguncha, ko‘chada turgan tengdoshlari “shuni bir vaqillatsak-chi”, deya o‘zaro piqirlab qo‘yishadi. U yaqin kelgach, kimdir ataylab o‘qrayib boqadi.

Qo‘g‘irchoqlar

Anvar Obidjon

Qo‘g‘irchoqlarGulsanamning tug‘ilgan kunida dadasi unga ajabtovur qo‘g‘irchoq olib keldi. Sochlari mayda o‘rilib, boshiga ko‘k ro‘mol chandilgan, egniga atlas ko‘ylak kiydirilgan bu yoqimtoy qo‘g‘irchoqni bir siltab qo‘ysangiz bas – ichiga o‘rnatilgan mitti moslama o‘z-o‘zidan ishga tushib, “Qizaloq” rosa yig‘lab beradi.

Gulsanam uni silkib ko‘rgan edi, uyni yig‘i tovushi bosib ketdi: qiy-y, qiy-y, qiy-y... Qo‘g‘irchoq yig‘layotgan paytda qo‘lidagi oppoq ro‘molchasini tez-tez ko‘ziga surtib qo‘yishini ko‘rib, avvaliga Gulsanamning kulgisi qistadi, keyin injiqligi joniga tegib uni yotqizib qo‘ygan edi, boshqacha ovoz chiqarib o‘krashga tushdi: vag‘-g‘, vag‘-g‘, vag‘-g‘...