Oltin ko‘za

Spiridon Vangelli

Oltin ko‘za— Salom, buvijon! Men ham kartoshka ekkani keldim.

Buvisi hayron bo‘ldi.

— Kartoshka ekkani deysanmi? Belkurakni ko‘tara olmaysan-ku?!

— Ko‘taraman. Katta bo‘lib qoldim.

Mitti Shtefan belkurakni bor kuchi bilan bosib, yerni kavladi. Kartoshka ekishga chuqurcha tayyor bo‘ldi.

Biroz nafas olgach, kaftini ishqaladi-da, yana bitta chuqurcha kavladi. Buvisi uning ko‘nglini ko‘tarib qo‘ydi:

— Zo‘r ekansan, bolam. Qani, endiyam bitta-yarimta seni mittivoy deb ko‘rsin-chi!

Shu payt parvona uchib kelib, qanotlarini qoqdi.

— Shtefan, mitti Shtefan, yur, o‘tloqda o‘ynaymiz.

Vaqtim yo‘q. buvimning tomorqalariga “oltin ko‘za” ekyapman, — deya javob berdi bola.