Alisher bilan bulbul

 

Alisher Navoiy, Алишер НавоиQadim  zamonda  G‘iyosiddin kichkina degan kishining  Alisher ismli o‘g‘li bo‘lgan ekan. Bola yoshligidan uddaburon, ziyrak bo‘lib o‘sibdi. U to‘qqiz yoshga to‘lganda she’rlar yoza boshlabdi. Odamlar u yozgan she’rlarni quloq berib ting-laydigan bo‘lishibdi.

Alisher bir kuni bog‘ga chiqib yangi yozgan  she’rlarini o‘qiy boshlabdi. Yosh kuychining qo‘ng‘iroqday jarangdor, tong shamoliday mayin ovozi majnuntolning  shoxida o‘tirgan bulbulni ham o‘ziga maftun etibdi. Qushcha Alisherning qo‘liga qo‘nibdi-da:

- Ey, xushovoz shoir, sen o‘qigan she’r bul-bullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo‘ladimi? — debdi.

- Men Alisherman! — javob beribdi u.

- Bildim, bildim, sen shoir ekansan. Endi o‘zingga chiroyli bir taxallus tanlab ol, — debdi.

Alisherga bulbulning "navo" degan so‘zi yoqib qolibdi. Shundan keyin  o‘z  g‘azallarini "Navoiy" taxallusi bilan yozadigan  bo‘libdi.