Qaldirg'och himmati
Rivoyat
Nuh payg'ambar davrida qattiq yog'ingarchilik bo'lib, hammayoqni suv bosib ketibdi. Odamlar, hayvonlar, dov-daraxtlar-u tog'-u toshlar ham suv ostida qolibdi. Shunda Nuh payg'ambar bir kema yasatibdi. Unga dunyodagi jamiki hasharot, parranda va hayvonlardan bir juftdan olib, "biron-bir joyda quruqlik qolgandir", deb yo'lga chiqibdi. Ummonga aylangan yer yuzida suzib ketayotsa, sichqon qurmagurning qitmirligi tutib, kemani teshib qo'yibdi. Teshikdan suv kirib, kema ichi suvga to'la boshlabdi. Nuh payg'ambar qarab tursa, kemaga suv to'lib, undagilar suvga g'arq bo'iadigan. Shunda u: "Kimda-kim teshikni to'sib, suvni to'xtatib qolsa, dunyodagi eng shirin go'shtni unga taqdim etaman", — debdi. Shunda ilon: "Buni men bajaraman", — debdi- da, kulcha bo'lib teshikka yotib olibdi. Suv to‘xtabdi. Nuh payg'ambar yanglishmagan ekan. Bir joyda quruqlik qolgan ekan, o'sha joyga etib borishibdi. Shunda ilon:
Ibn Sino shogirdlari
Tabiblarning tabibi, ulug' hakim Ibn Sino kunlardan bir kuni qattiq og'rib, ko'rpa-to'shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do'st-birodarlari yig'ilishibdi. Do'st-birodarlari yaxshi so'z aytib, ulug' tabibning ko'nglini ko'tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirdlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.
Ibn Sino do'st-birodarlariga rahmatlar aytib, shogirdlariga esa shunday debdi:
—Ey, shogirdlarim, mening kunim bitgan ko'rinadi. Shu bois meni davolayman deb, bexudaga harakat qilmanglar. Bordi-yu kunim bitib, vafot etsam, yig'i-sig'i, oh-voh qilmanglar. Faqat haqimga duo qilib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar, bas. Va yana ustoz olamdan o'tdi, endi tabobat oqsaydi, deb ham qayg'urmanglar. O'rnimga besh zo'r tabibni qoldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning masalahatlariga o'zlaringiz ham doim amal qilinglar, boshqalarni ham ularga da'vat etinglar, — debdi.
Quyoncha
Nosir Fozilov
Dalada ish qizg‘in. Traktorchilar yer haydashmoqda. Mirtoji aka traktorchilarga yordamchilik qilmoqda. Uning o‘g‘illari Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi.
Bir kuni onasi o‘g‘illarini bir ish bilan Mirtoji akaning oldiga yubordi.
Bolalar yo‘lga tushdilar … Keng, bepoyon dala… hammayoqda ko‘klam nafasi… Bolalar atrofni tomosha qilishar, zag‘cha galalariga kesak otishar edi. Bektosh otgan bir kesak shudgor chekkasidagi qalin olabutaga borib tushdi.
Oq bo'taloq
Botir tuyalarni ilgari ham ko'rgan edi.
Buvisi, tuya haqida gap ketganda: "Bilasanmi, qo'zichog'im, tuya shunaqangi muloyim, mehnatkash, ayniqsa, chidamligini aytmaysanmi!" — derdi.
Keyin Botirga tuyalar haqida ertaklar aytib berardi. Yana yomon kishilar o'g'irlab, begona yurtga sotib yuborgan jajji bo'taloq haqidagi qadimgi qozoq qo'shig'ini aytib berardi.
Biroq o'sha kuni... o'sha kuni Botir avvaliga u qanaqa hayvonligini bilolmay qoldi.
Foydali ish
Tolib yetti yoshga to'lar-to'lmas, o'qishni o'rganib oldi, o'zining, otasining ismini bemalol yozadigan bo'ldi.
Bu yil maktabga borasan, — dedi otasi. — Endi katta bo'lib qolding. Uy ishlariga ham qarashib tur.
Tolib maktab so'zini eshitgach, quvonib ketdi. O'sha tomonga tez-tez boradigan bo'ldi. Derazadan mo'ralab, sinf ichida nimalar borligiga qiziqdi. Ammo u qanchalik urinmasin, oynaga bo'yi yetmasdi.
Tunov kuni maktabga kelsa, hech kim ko'rinmadi. Ta'til kunlari ekan-da. Eshikni itarib ko'rsa, yopiq. Bir amallab ochmoqchi bo'ldi, qorovul ko'rib qoldi. O'rta bo'yli bu chol Karimboy amaki edi.
Qancha tong o'tib ketdi
Ertadan yozgi ta'til boshlanadi. Uchinchi sinf o'quvchisi Valijon dadasi
yoniga kelib:
Men yozda nima qilaman? — deb so'radi.
Dam olasan, ishlaysan, — deb javob qildi dadasi. — Ertaga men bilan dalaga borasan. Bo'ptimi?
Bo'pti! - dedi suyunib Valijon.
Vasilkoning dadasi agronom bo'lib ishlar edi. U erta tong bilan turib, dalaga chiqardi. Uxlab yotgan Vasilko kimdir uning yelkasiga astagina turtib, uyg'otayotganini sezdi.
Erkinlik
Xudoyberdi To'xtaboyev
O'tgan safar aytganimdek, bu voqealarga ellik yillarcha bo'lib qoldi, ehtimol undan ham ko'p bo'lgandir... Bir kuni xo'jalik omborxonasining orqasida o'rtoqlarim bilan „shiqildoq" o'ynayotgan edim, to'satdan, hov narida bir kuchuk bolaning bizga mung'ayibgina qarab turganini ko'rib qoldim. „Egasi yo'q, daydiga o'xshaydi", degan fikr keldi boshimga. O'rtoqlarimdan ajralib chiqib, asta- sekin yoniga bora boshladim, cho'ntagimda yarimta sutli patir bor edi. Onam bergan nonning yarmini yeb, yarmini o'rtoqlarimga ko'z-ko'zlab yeyishni yaxshi ko'radigan odatim bor edi. Patirning burdasini kuchukning yoniga qo'ydim.