Qand bersangiz, qilaman

Farhod Musajonov

Qand bersangiz, qilamanNosirjon shirinlikni juda yaxshi ko'radi. Kattalardan birortasi ish buyursa: "Qand bersangiz, qilaman", — deb javob beradi. Rostdan ham, qand bermasangiz, qilmaydi.

Bir kuni to'satdan Nosirjonning qari buvisi kasal bo'lib qoldi. Uyda Nosirjondan bo'lak hech kim yo'q, dadasi bilan oyisi ishda edi. Kampir qo'shnilarga ayttirib, doktor chaqirtirdi.

Doktor Nosirjonning buvisini sinchiklab ko'zdan kechirdi, keyin har xil dorilar yozib berdi.

— Qoningiz kamayib qolibdi, ko'proq shakar-qand yeng, — deb tayinlab ketdi doktor.

Zo‘ravon tovuq

Lyubov Voronkova

Zo‘ravon tovuqTanya pashshaxonada uxlardi. Ertalab dahlizdagi kichkina deraza oldiga xo'roz kelib, shunaqayam qichqirdiki!

Tanya uyg'onib ketdi. U pashshaxonaning bir chetini ko'tarib, derazaga qaradi — quyosh tepaga kelib qolibdi. Tanya o'rnidan turdi-da, ich ko'ylagida hovliga chiqdi.

Hovlida onasi tovuqlarga "tu-tu-tu"lab don berayotgan edi.

Hammayoqdan — qo'rg'ondan ham, ko’chadan ham, hovlidan ham tovuqlar yugurib, uchib kelishardi. Ular qanotlarini patishar, qaqillashardi.

Mushuk

Mixail Prishvin

MushukDerazadan Vaskaning bog' oralab ketayotganini ko'rganimda mayin ovoz bilan:

— Vasen-ka! — deb chaqiraman.

Shundan keyin u ham javob berib miyovlaydi. Ammo qulog'im оg‘irroq. Shuning uchun ovozini eshitmayman. Faqat chaqirganimdan keyin pushtirang og'zi ochilayotganini ko'raman, xolos.

— Va-sen-ka! — deb chaqiraman uni.

U menga:

— Hozir boraman, — deb miyovlaganini sezaman.

Qorbobo soqchi

Sunnatulla Anorboyev

Qorbobo soqchiUlug'bek archa yasatdi. Bunga siz ajablanarsiz. Ulug'bek endi to'rt yoshga kirgan, kichkina bola bo'lsa-yu, qanday qilib archa yasata oladi dersiz? Chin gap. Ulug'bek ham archa yasatdi: u karton quti ichidan o'yinchoqlarni bitta-bitta olib, oyisiga uzatib turdi. Oyisi esa ularni archaning shoxlariga ildi. Ulug'bek bunday qarasa, o'zining laychasiga o'xshagan kuchukcha filning shundoq tagida turibdi. Ulug'bek hayvonot bog'iga oyisi bilan borganida chinakam filni ko'rgan: burni xariday, o'zi uyday.

Paltocha

Hakim Nazar

hikoyaQahraton qish. Oynaday muzlagan asfalt ko'cha. Uning chetida bir kampir" diydiragancha turib, o'tgan mashinalarga qo'l ko'taradi. Uzoqdan bo'sh mashina ko'ringandi, kampir sirg'ana-sirg'ana uning qarshisiga chiqdi. "Volga" g'iyqillagancha siypanib to'xtadi. Kabinadan haydovchining barmoq o'qtalib bo'g'ilgancha allanima degani eshitildi. Jonholatda kampir mashinaga yopishdi, yalinib-yolvorgach, basavlat kiyingan haydovchi ilojsiz eshikni ochdi.

Nigora

Parizod Muhammadyorova

NigoraNigora fartugini kiydi, keyin stol yoniga ikki kursini sudrab kelib, bittasining ustiga kattagina tovoq qo'ydi-da, unga suv quydi. So'ngra o'zi bir kursiga chiqib, tovoqni stolga oldi. Onasidek yengini shimarib, stoldagi idish-tovoqlarni yuva boshladi.

Uch-to'rt kun bo'ldi — buvisi kasal. Oyisi kechqurun dori-darmon beradi, uni yuvintiradi, ovqat yediradi. Ertalab bo'lsa, ishga kechikaman, deb shoshilib ketadi. Idish-tovoqlar yuvuqsiz qoladi.

Dilbar

(Hikoya)

Dilbar

Ikki yuzi qip-qizil Dilbar xonaning o'rtasiga o'tirib olib qaychi bilan rangli qog'ozni qiyib, qo'g'irchog'iga ko'ylak qilib o'tirar edi. Dilbar stol ustidan qo'g'irchog'ini olish uchun o'rnidan turgan edi, birdan etagiga yig'ib tirgan mayda qiyqindi qog'ozlar yerga sochilib ketdi. Uyga yozilgan gilam iflos bo'ldi.

Dilbar darrov katta-katta qog'ozlarni terib oldi-da, dahlizda turgan supurgini olib, xonani boshidan tozalab supurishga kirishdi.