Chumchuq bola
O'ktam Usmonov
Boboxon chumchuq bolani rosa qiynab ezg'iladi: suvga solib suzdirdi, dum-dumaloq mitti ko'zlariga cho'p tegizib ko'rdi...
Keyin oyog'iga ip bog'lab, ko'chaga olib chiqdi. Ko'chada Tal'at o'rtog'iga duch keldi. Tal'at Boboxonni ko'rdi-yu, qovog'i solindi. Boboxon juda o'jar bola edi, shundan Tal'at unga yalinib o'tirmay, shosha-pisha yonini kovlashtirdi: kissasida yarimta o'chirg'ich bilan kecha ochgan qizil qalami bor ekan...
Boboxon, chumchuqni qayerdan olding?
Bug'doyzordan, chigirtka tutayotganimda do'ppim bilan urib yiqitdim.
Alishmaysanmi?
Qo'shoqvoyning "Himmati"
Farhod Musajonov
Qo'shoqvoy bitta qiziq kitob o'qib qoldi. Unda Anvar degan bola ukasini juda yaxshi ko'rishi, doim ovutib, o'ynatib yurishi yozilgan ekan. Hikoya Qo'shoqvoyga juda yoqib tushdi. U ham o'sha Anvar degan bolaga o'xshab ukasiga bir yaxshilik qilmoqchi bo'ldi. Nima yaxshilik qilsam ekan, deb rosa o'yladi. Oxiri, ukasi Parpini chaqirdi-da:
- Hozir senga qayiqcha yasab beraman, — dedi.
Jonli haykal
Sobit G'afurov
O‘sha kuni biz — aka-singil Hasan-Zuhralarning tug'ilgan kunimiz bo'lib, o'rtoqlarimizni kutayotgan edik. Ular birin-ketin aytilgan vaqtda kelib, stullarga o'tirishdi.
Tabriklayman seni, Hasan, tug'ilgan kuning bilan, — deb Abdurahmon menga bir quti bo'yoq qalam uzatdi, singlim Zuhraga esa, qip-qizil lola berdi.
Muqaddas daftar, kitob sovg'a qildi. Baxtiyor shokolad olib chiqqan bo'lsa, Tohir tabrik otkritkasi olib kelibdi.
Hammadan keyin kelgan Murod No'monov esa tug'ilgan kunimizga bir tup o'rik ko'chati olib chiqsa bo'ladimi!
Karim chumolining tilini bilarkan
Bugun bolalar bog'cha opalari bilan dalaga chiqishdi. Bahor emasmi, hammayoq ko'm-ko'k libosga burkangan, kishining bahridili ochiladi. Atrofdagi chuchmoma, gunafshalarni aytmaysizmi, darrov bolalarni o'ziga rom qilib oldi. Chug'urlashganlaricha gul terishga tushib ketishdi. Karimning ham quvonchi behad. Chunki u tabiatni juda sevadi. Kim bilsin, balki otasining tabiat o'qituvchisi bo'lgani uchundir. Balki u ham akasi singari tabiat sirlarini o'rganuvchi geolog bo'lmoqchidir.
Sening galing
Fotima bilan Zuhrani taniysizmi? Ikkovi ham juda yaxshi kiyinib, top- toza yuradi. Chunki oyisi Bashira xola ularni har kuni yuvib-taraydi, dadasi keltirgan guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Qo'ng'iroq sochlariga qip-qizil lentabog'laydi. Bu lentalar xuddi gulga qo'ngan kapalaklarni eslatadi. Lekin...
Hassa
Xudoyberdi To'xtaboyev
Qobil boboning ikki nabirasi - Shavkat bilan Shuhrat qo'shni xonada o'ynab o'tirishar edi. Nima bo'ldi-yu, ikkovlari bahslashib qolishdi. Shavkat yugurib bobosining oldiga chiqdi-da:
Bobo! Kim odobli, menmi yoki Shuhratmi? - deb so'radi.
Qobil bobo hovliga chiqmoqchi bo'lib turgan edi. Uning kumush halqa qadalgan hassasi Shavkat bilan Shuhrat o'ynab o'tirgan uyda edi.
Tipratikan
Kuz kelib, daraxtlarning barglari to‘kila boshladi. Kunduz kunlari havo issiqroq bo‘lgani uchun to‘kilgan barglar tezda qurib qolar, bosganda shitirlab, allaqanday yoqimli ovoz chiqarardi. Alisher bilan Sobir keksa yong‘oq daraxtining tagida to‘kilgan yaproqlar orasidan yong‘oq qidirib yurishardi. Ulardan sal nariroqda na’matak butasining tagida nimadir shitirlagan ovoz chiqara boshladi.