Hassa
Xudoyberdi To'xtaboyev
Qobil boboning ikki nabirasi - Shavkat bilan Shuhrat qo'shni xonada o'ynab o'tirishar edi. Nima bo'ldi-yu, ikkovlari bahslashib qolishdi. Shavkat yugurib bobosining oldiga chiqdi-da:
Bobo! Kim odobli, menmi yoki Shuhratmi? - deb so'radi.
Qobil bobo hovliga chiqmoqchi bo'lib turgan edi. Uning kumush halqa qadalgan hassasi Shavkat bilan Shuhrat o'ynab o'tirgan uyda edi.
Tipratikan
Kuz kelib, daraxtlarning barglari to‘kila boshladi. Kunduz kunlari havo issiqroq bo‘lgani uchun to‘kilgan barglar tezda qurib qolar, bosganda shitirlab, allaqanday yoqimli ovoz chiqarardi. Alisher bilan Sobir keksa yong‘oq daraxtining tagida to‘kilgan yaproqlar orasidan yong‘oq qidirib yurishardi. Ulardan sal nariroqda na’matak butasining tagida nimadir shitirlagan ovoz chiqara boshladi.
TOYCHOQ
K. Marukas
Ko'p qavatli bino hovlisiga taxta ortgan arava kirib keldi.
— Qaranglar! — deya qichqirdi to'rt yashar Vidutis. — Toychoq!
Boshqa bolalar ham quvnoq chuvillashdi:
— Toychoq! Toychoq!
Qo'g'irchog'-u to'plar-u velosipedlar joy-joyida qoldi. Hamma toychoq tomon yugurdi. Bo'shab qolgan karusel sekin-sekin aylanib, nihoyat to'xtadi.