Dilbar
(Hikoya)
Ikki yuzi qip-qizil Dilbar xonaning o'rtasiga o'tirib olib qaychi bilan rangli qog'ozni qiyib, qo'g'irchog'iga ko'ylak qilib o'tirar edi. Dilbar stol ustidan qo'g'irchog'ini olish uchun o'rnidan turgan edi, birdan etagiga yig'ib tirgan mayda qiyqindi qog'ozlar yerga sochilib ketdi. Uyga yozilgan gilam iflos bo'ldi.
Dilbar darrov katta-katta qog'ozlarni terib oldi-da, dahlizda turgan supurgini olib, xonani boshidan tozalab supurishga kirishdi.
Rahmat, bor bo‘ling
Zamira Ibrohimova
G‘ayratjon yaqinda beshga to'ladi. U juda g'ayratli bola, hamma ishga jon-jahdi bilan yopishadi.
G'ayratjon tomorqada dadasining yer chopishiga havas bilan qarab turdida:
— Dada, ketmonni bering, men ham chopay, — dedi.
— Bu ketmon senga og'irlik qiladi, — dedi dadasi.
— Jon dadajon, berib turing.
Dadasi ketmonni berdi. G'ayratjon uni ushlab ko'rdi-yu, ammo ishlata olmadi.
— Aytdim-ku, o'g'lim, — dedi dadasi ketmonni uning qo'lidan olarkan. — O'zingga mos ketmoncha olib beraman.
To‘qson yigacha o‘rtoq
Latif Mahmudov
Barno ertalab tursa — yonida mushugi yo'q. Hammayoqni qaradi. Karovatning tagidan ham, shkafning ichidan ham, buvisining taxmonidan ham, hech qayerdan topolmay xomush bo'lib turgan edi, buvisi so'radi:
— Ha, bolam?
— Mushugim qani?
— Voy, mushugingni olsin, — dedi buvisi. — Ana, hovlida koptok o'ynayapti. Barno oyog'ining uchida turib hovliga qaradi. Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq koptokni uyoqdan-buyoqqa dumalatish bilan ovora edi.
Yaxmalak
Tamilla Qosimova
Yangi yil arafasi edi. Qo'rqmas archasini yasatib, eng uchiga katta yulduzchani ildi. Juda ko'p o'yinchoqlar bilan bezangan archasi yal-yal yonib ketdi. Yarmi qizil, yarmi sariq olmalar, noklar: "O1, meni ye", — degandek archa shoxidan mo'ralaydi. Qo'rqmas ularni yeb bo'lmasligini biladi, chunki shishadan yasalgan-da. Bir qo'lida hassa, bir qo'lida sovg'a qopchasini ushlagan qorbobo ham archa tagidan joy olgan. Oppoq po'stin kiygan qorqiz Qo'rqmasga kulib qarab turibdi.
Yakshanba kungi shokolad
Zohir A'lam
Botir uyqudan ko‘zini ochdi-yu, onasi yotadigan xonaga yugurdi, qarasa, onasi yo’q. Belanchakdagi ukasi Shavkatjon ham yo'q.
Botirning lab-lunji burilib, hiqillay boshladi. Shoshib ayvon, oshxona, vannaxonalarni ham qarab chiqdi. Onasi u yerda ham yo'q edi. Ana shundan keyin u bor ovozida yig'lashga tushdi.
Botir o'zi yaxshi bola edi-yu, biroq, shu arrilashda mahallada unga yetadigan topilmasdi. Uning ovoziga opasi Dilfuza ham uyg'ondi.
Oyim ketib qoptila! — dedi Botir.
Bu sizga, oyijon
Yoqut Rahimova
Ona bir kuni bolalariga nisholda surtilgan, orasiga sedana solingan bir dona shirin non olib keldi. U belanchakda yotgan kenjatoyi Shahnozaga shishadan sut berib, bog‘cadan kelgan Nodir bilan Dilnozaga shirin nonni teng ikkiga bo‘lib uzatdi. Shu payt Dilnoza o‘zining bo‘lagini qaytib onasiga berdi:
— Onajon, o‘zingizga qolmadi-ku! Oling, menikidan yeng, ola qoling!
— Yo‘q, asalginam, yeyaver. Mening qornim to‘q! — dedi onasi mehribonlik bilan.
Shivirlab gaplashishdi
Sedugin
Ota bilan o‘g‘ilchasi gaplashib o‘tirishardi. Ular onaning divanda uxlab qolganini sezmay ham qolishdi. Birinchi bo‘lib uni o‘g‘il ko‘rdi.
— Dada, dada, uni qarang, — dedi u shivirlab. — Oyimning qoshlari oldiga ajin tushibdi. Nega bunday bo‘ldiykin?
— Sen tunov kuni kichkina qizchani urganing esingdami? — deb so‘radi dadasi.
— Ana, o‘shaning ertasiga oyingda ajin paydo bo‘ldi.
— Lablari oldidagi ajinlar-chi, ular ham meni deb tushganmi?