Yangi mashina

Abdulhay Nosirov

Yangi mashinaAbdulhamid hovliga yangi mаshinani ko‘tarib chiqdi. Ibrohim uni ko‘rib:

— Yangimi? — dedi.

Abdulhamid kerilib: — Yangi, — dedi.

— Kim olib berdi?

— Ayam, — dedi Abdulhamid yana cho‘zib.

Abdulhamidning qo‘lidagi mashinani ko‘rgan bolalar darrov davra qilib o‘rab olishdi.

— Zo‘r mashinaykan-a? — Bahodir mashinani maqtaydi.

— Chirog‘i ham borakan, — Sarvar mashinani ushlab ko‘rmoqchi bo‘ladi.

O...o...jon

Anvar Obidjon

O...o...jon“Jinqarcha” bog‘chasining o‘rtancha guruhiga qop-qora qoshlari bir-biriga tutashgan, kipriklari uzun-uzun, charosko‘z bir bolakay kelib qo‘shildi. Uning asli ismi Oltinbek edi. Biroq, ko‘p o‘tmay, bolachoqlardan tortib tarbiyachilargacha uni “O...o...jon” deb chaqiradigan bo‘lishdi...

Bog‘chadagi mashg‘ulotlar, ko‘p hollarda, guruhdagilarni bir joyga jamlab o‘tkaziladi. Lekin, bolalarga ozgina erkinlik berildi deguncha, birov o‘zicha, birov o‘rtog‘i yoki dugonasi bilan har yer-har yerda o‘yin o‘ynay boshlaydi.

Uch og‘a-ini

Anvar Obidjon

hikoyalar bolalarUch og‘a-ini bor ekan. Biri biridan sho‘x, biri biridan o‘yinqaroq bolalar ekan. Chetdan qaraganda, ularning yurish-turishi bir xildek ko‘rinsa-da, kenjasi sal pismiqligi bilan ajralibroq turarkan. Uning juda kichkintoylikdagi ajabtovur qilig‘ini oiladagilar haligacha hiringlab-hiringlab eslashar ekan.

Mahalla bolalarining salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib turuvchi qishloq do‘xtiri bir kuni kenjatoyni tekshirib bo‘lib, ota-onasiga: “Qoni jinday kamroqqa o‘xshayapti, bu bolaga alohida parvo qilib turinglar”, deb tayinlabdi.

Jaqqi

Anvar Obidjon

JaqqiShunaqasiyam bo‘lib turadi – kimdir O‘g‘iloyning jig‘iga tegib qo‘yadi. Achchig‘i chiqdimi – birdan qovog‘i solinadi, sochlari kirpitikonning ignalaridek tikkayadi, ko‘zlaridan uchqun chaqnab, jajji lablari giloschaga o‘xshab cho‘chchayadi. “Ha, nima bo‘ldi?” – desangiz, toshdek qotib, indamay turaveradi.

Boshqa paytlarda undan xushchaqchaq, undan shirin qiz yo‘q. Bir so‘zamolligi qo‘zisa, uydagilarni gapga tutib charchatadi.

Qadrdon yig‘ilar

Anvar Obidjon

Qadrdon yig‘ilarMen, derazasini lang ochib qo‘yib, nonushta qilishni yoqtiradigan boloxonaning shundoqqina tagidan torgina yo‘l o‘tgan. Yo‘lning narigi beti – bolalar bog‘chasi. Bog‘chaga qatnaydigan tirmizaklar menga shu qadar yodaki bo‘lib ketganki, ularni ko‘rmay turib, tovushidanoq adashmay tanib olaman.

Kuzatib keladigan kattalar otini aytib chaqirganda, ba’zilarining ismi esimda qolgan. Ko‘pchiligiga esa, o‘zimcha laqab to‘qib olganman.

Gulixonning gulzorchasi

Anvar Obidjon

Gulixonning gulzorchasiGulixon oynavand ayvonda nonushta qilib bo‘lib, tashqiga chiqdi-yu, to‘g‘ri gulzorcha tomonga chopqilladi. Bu – o‘z-o‘zining gulzorchasi. Buvisi erta bahorda ariqcha yoqasidagi yerning supradekkina joyini ketmonda yumshatib berdi. Gulixon gul urug‘larini sepib, yog‘och sopli qushtirnoqda ularni tuproqqa aralashtirdi. Mana, kunlar zuvillab o‘tib, pechakgul-u sapsarlar, chinnigul-u qistako‘zlar ranggo-rang bo‘lib ochildi. Uzoqdan qarasang, atlas ro‘molchaning o‘zginasi.

Gulixon gulzorchasining chiroyidan ko‘z uzolmay, zavqi toshib turganda, “viz-z” etgan tovush eshitildi.

Maqtanchoq

Anvar Obidjon

MaqtanchoqMardivoy haqida gap ketgudek bo‘lsa, “maqtanchoq” degan so‘zni ham albatta qo‘shib aytishadi. Odam, maqtanchoq bo‘lganga yarasha, sal botirroq bo‘lsa-ku, bir nav. Ammo, uchragan kimsaga osmondan kelib gapirsa-yu, o‘zi chumchuq “pir-r” etsa, yuragi “shir-r” etadiganlar sirasiga kirsa, ko‘pchilikka masxara bo‘lgani qolarkan.

Mardi-maqtanchoq uzoqdan ko‘rindi deguncha, ko‘chada turgan tengdoshlari “shuni bir vaqillatsak-chi”, deya o‘zaro piqirlab qo‘yishadi. U yaqin kelgach, kimdir ataylab o‘qrayib boqadi.