Qo‘g‘irchoqlar

Anvar Obidjon

Qo‘g‘irchoqlarGulsanamning tug‘ilgan kunida dadasi unga ajabtovur qo‘g‘irchoq olib keldi. Sochlari mayda o‘rilib, boshiga ko‘k ro‘mol chandilgan, egniga atlas ko‘ylak kiydirilgan bu yoqimtoy qo‘g‘irchoqni bir siltab qo‘ysangiz bas – ichiga o‘rnatilgan mitti moslama o‘z-o‘zidan ishga tushib, “Qizaloq” rosa yig‘lab beradi.

Gulsanam uni silkib ko‘rgan edi, uyni yig‘i tovushi bosib ketdi: qiy-y, qiy-y, qiy-y... Qo‘g‘irchoq yig‘layotgan paytda qo‘lidagi oppoq ro‘molchasini tez-tez ko‘ziga surtib qo‘yishini ko‘rib, avvaliga Gulsanamning kulgisi qistadi, keyin injiqligi joniga tegib uni yotqizib qo‘ygan edi, boshqacha ovoz chiqarib o‘krashga tushdi: vag‘-g‘, vag‘-g‘, vag‘-g‘... 

Musicha

Olmos

«Gulgina» kitobidan olindi

MusichaKanareykalar qafasi oldiga bitta musichaning o‘ralashib qolganini sezib yuribman. U ayvonga kelib qafasdan don-dunni yeb yuradi.

Ba‘zan qafasga qistirilgan olma, apelsinni cho‘qib qochadi.

Bir kuni kitob o‘qib o‘tirsam yana o‘sha musicha qafasning chetiga qo‘nib turibdi. Kuzatib turdim. Musicha bemalol kanareykaning ovqatini cho‘qilardi.

Chunki kanareykaning don-duni va suvi doimo tayyor turadi. Sovuq tushishi bilan issiqqina uyga ko‘chib kirishadi, ularning nima ham tashvishi bor, deb o‘ylasa kerak-da musicha.

Ayyor qarg‘alar

Olmos

«Gulgina» kitobidan olindi

Ayyor qarg‘alarKech kuz. Kun sovuq edi. Shudgorda to‘p-to‘p qora, ola g‘arg‘alar qag‘ilashib uchib yurishardi. Patlari hurpaygan, har bittasining kattaligi tovuqday-tovuqday kelardi.

Qarg‘alar goh katta yo‘ldagi yong‘oqlarda qag‘illab uchishar, goh esa to‘da-to‘da bo‘lib asfalt yo‘l ustida chag‘-chug‘lab qolishadi. Nima qilishayotgan ekan, deb ularni kuzata boshladim.

Danak

Lev Tolstoy

«Gulgina» kitobidan olindi

DanakOna olxo‘ri sotib oldi va ovqatdan so‘ng bolalariga bermoqchi bo‘ldi. U olxo‘rini tarelkaga solib qo‘ydi.

Vanya olxo‘rini hech yemagan edi. U hadeb olxo‘rilarni hidlayverdi. Olxo‘rilar unga juda yoqdi. Vanya ularni yeb qo‘ygisi keldi. U olxo‘rining yonidan nari ketmadi. Uyda hech kim qolmaganida u chidab turolmadi, bitta olxo‘rini oldi-da, yeb qo‘ydi. Onasi ovqat oldidan olxo‘rilarni sanadi, qarasaki, bittasi yo‘q. Buni bolalarning otasiga aytdi. 

Tolib otgan tosh

Abdusodiq Irisov

«Gulgina» kitobidan olindi

Tolib otgan toshTolib qo‘shni tomonga qo‘ngan kaptarni haydayman deb, tosh otdi.

Kaptar uchib ketdi-yu, tosh kelib tom shiferiga tushdi, shifer “chars” etib sindi. Tolib esa egasi chiqib qolmasin deb, tiraqaylab uyiga qochdi.

Uy egasi ishda bo‘lganligi uchun bundan bexabar qoldi.

Shu kuni kechasi bilan yomg‘ir yog‘ib, ertalab qorga aylandi,  birdan chakillab uydan chakka o‘ta boshladi. Uy egasining boshi qotib, tomni tuzatgani chiqqan edi, sirg‘anib, tomdan yiqilib tushdi.

Salom, tuproq

Oltmish O‘sarov

«Gulgina» kitobidan olindi

Salom, tuproqOydin dadasi bilan pomidor o‘tqazardi.

Ular oldi jo‘yaklarga jildiratib suv oqizishdi. Pushtaga nam yugurgach, Oydin dadasi o‘rgatganidek, barmoq yo‘g‘onligidagi cho‘pni ikki qarich, ikki qarich yerga suqib, chuqurcha hosil qildi. Dadasi shu chuqurchalarga pomidor ko‘chatining tomirlarini joylashtirib, atrofini tuproq bilan bekita boshladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan ikki qator pomidor nihollari xuddi bog‘cha bolalari safga tizilganday bir teksda saf tortib ko‘zni quvontirdi.

Yong‘oq

Karim Rahim

«Gulgina» kitobidan olindi

Yong‘oqMuharram opa so‘rida sih tikib o‘tirgan edi. Birdan o‘g‘li Tal’at ko‘chadan hovliqib kelib qoldi.

— Oyi, oyi, Islomlarning uyiga-chi, doctor keldi, doctor, — shoshib-pishib dedi u. — Ikkita. Mashinasi ham bor.

— Nimaga kelganini bilasanmi? — Muharram opa o‘g‘liga ma’noli tikildi.

— Ha, Islomni olib ketarmish, — gapira boshladi Tal’at. — Uning bo‘ynini bog‘lab qo‘yishibdi. Islomning-chi, ovoziyam chiqmayotgan ekan. Nega unaqa bo‘ldiykan, oyi?

— Kecha oyisidan berkitib bir tarelka yong‘oqni bitta qo‘ymay yegan ekan, — dedi oyisi.