Yong‘oq

Karim Rahim

«Gulgina» kitobidan olindi

Yong‘oqMuharram opa so‘rida sih tikib o‘tirgan edi. Birdan o‘g‘li Tal’at ko‘chadan hovliqib kelib qoldi.

— Oyi, oyi, Islomlarning uyiga-chi, doctor keldi, doctor, — shoshib-pishib dedi u. — Ikkita. Mashinasi ham bor.

— Nimaga kelganini bilasanmi? — Muharram opa o‘g‘liga ma’noli tikildi.

— Ha, Islomni olib ketarmish, — gapira boshladi Tal’at. — Uning bo‘ynini bog‘lab qo‘yishibdi. Islomning-chi, ovoziyam chiqmayotgan ekan. Nega unaqa bo‘ldiykan, oyi?

— Kecha oyisidan berkitib bir tarelka yong‘oqni bitta qo‘ymay yegan ekan, — dedi oyisi.

Do‘mboq

Muhabbat Hamidova

«Gulgina» kitobidan olindi

Do‘mboqBog‘chadan qaytishayotganda chiroyli bir targ‘il mushukcha Farhodga ergashib qoldi. Oyisi shuncha haydasa ham, u ayanchli miyovlagancha Farhodning oyog‘iga surkaldi.

— Oyijon, uyga olib ketaylik. Mosh mushugimizga o‘g‘il bo‘ladi. Ikkovlashib sichqonlarni tutishadi, yo‘q demang, jon oyijon, — yalindi Farhod.

— Sog‘lom mushugchaga o‘xshaydi, egasidan adashib qolgan bo‘lsa kerak.

Yo‘lda

Yayra Sa’dullayeva

«Gulgina» kitobidan olindi

Yo‘ldaUlar birin-ketin bog‘chadan chiqishdi. Rauf, Yulduz, Nargiza, Olima… Biri onasining bo‘ynidan quchoqlab olgan, biri sevinchidan shataloq otgan, yana biri… Ular orasida Yulduz pildirab boradi. U oyisi bergan olmani g‘archillatib yeb: “Aylanay, oyimdan”, — deb erkalanadi. Hamma quvnab-quvnab boradi-yu, ammo Alisher negadir oyisiga tixrlik qiladi. Yig‘lay desa, ko‘zidan yosh chiqmaydi. Dam oyisining sumkasiga yopishadi, dam oyisining: “Qo‘y, bolam”, — deyishiga qaramay, narsa to‘la to‘rxaltani tortqilaydi.

Oppoq buvaning nevaralari

Hakim Nazar

“Gulgina” kitobidan olindi

Oppoq buvaning nevaralariOppoq buva ravonda dam olib o‘tiribdi. Nevaralari uyda radio eshitishyapti. Radiodan “Jo‘jalarim” qo‘shig‘i aytilsa, ular qo‘shilib aytishadi. Hindcha aytsa, dikir-dikir o‘yinga tushishadi. Sal o‘tgach, katta ashula boshlangan edi, kichik nevara:

— E, bu yaxshimas, o‘chirib qo‘yaman! — dedi. Katta nevara singlisini qaytaradi:

— O‘chirma, oppoq buvam xafa bo‘ladi.

Kichik nevara ravonga chiqib:

— Opooq buva, siz shu ashulani yaxshi ko‘rasizmi? — deb so‘radi.

May yomg‘iri

Zohir A’lam

«Gulgina» kitobidan olindi

May yomg‘iriBotirvoyning otasi qishloqdan yer olgan. Yoz bo‘yi kappa tikib dalada yashaydi. Yeriga bo‘lak-bo‘lak qilib pomidor, kashnich, shivit, piyoz ekadi.

Bir kuni otasi narida chopiq qilayotgan paytda, osmonni qora bulut qopladi.

Chars-churs chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi, sharros yomg‘ir quydi.

Botir o‘zini panaga oldi.

Yomg‘ir suvlari jilg‘a-jilg‘a bo‘lib oqa ketdi. Mana jilg‘achalarning biri yugurgilab keldi-da, yo‘lidagi chumoli iniga sizib kira boshladi.

Bo‘lib yeyishdi

Mahmud Murodov

“Gulgina” kitobidan olindi

Bo‘lib yeyishdiZiroat opa ishdan qaytayotganda, qizchasi Odila eshik oldida o‘ynab o‘tirgan edi. U yugurgancha borib, onasini quchoqladi. Ona Odilaning peshanasidan o‘pdi. Sumkasidan uch dona konfet olib berdi.

—Hammasi o‘zimgami? — deb so‘radi Odila.

—Ha, o‘zingga, — dedi Ziroat opa.

—Yo‘q, o‘zimgamas. Bo‘lib yeymiz.

Uyga kirganda Odila konfetlarni buvisiga berdi.

—Buvijon bo‘lib bering.

Mehribon

Mahmud Murodov

“Gulgina” kitobidan olindi

MehribonSalimjonning dadasi kechqurun katta qovun so‘ydi-da, bir kosasini onasining oldiga qo‘ydi. Qolganlarini laganda karjladi. Salimjonning onasi Karomat shkafdan qirg‘ich keltirib, buvisining qovunini qirib berdi. Hammalari qovun yeya boshlashdi. Faqat Salimjongina qo‘l cho‘zmay otirdi.

—Ol, nega yemayapsan? — deb so‘radi oyisi.

—Mengayam o‘shanaqa qilib bering, — dedi Salimjon buvisi yeyayotgan qovunga ko‘z tashlab.