Qanday yaxshi
Shermat Yormatov musiqasi
Kavsar Turdiyeva she’ri
Oyimga ham, dadamga ham,
Doim kulib boqaman.
Oyimga ham, dadamga ham,
Shunda juda yoqaman.
Ko‘chada o‘tganlarga ham,
Salom beraman kulib.
Qani, hamma shunday qilsa,
Yurmasa qovoq uyib.
Odamlar ham bir-biriga,
Faqat kulib qarashsa.
Qanday yaxshi, kimdir-kimga,
Shodligini ulashsa.
Oyimga ham, dadamga ham,
Doim kulib boqaman.
Oyimga ham, dadamga ham,
Shunda juda yoqaman
Ushbu qo'shiqni "Erkatoy" ilovasi orqali smartfoningizga yuklab oling va tinglang.
Загрузи эту песню в приложение "Эркатой" на твоём смартфоне.