Vatan

Anvar Obidjon

 

Senga bitta savol bor,

Menga quloq sol, hoy, qush.

Vayronada yashaysan,

Noming esa naq Boyqush.

Ayt-chi, nahot sen boysan!

 

Asl boylik neligin

Tushumaysan, chamasi.

Bu – vayrona bo‘lsa ham,

O‘zimniki hammasi.

Shuning uchun men boyman!