Anvar Obidjon
Chakalakda Sichqon
Bo‘lib qoldi sulton.
To‘ng‘iz unga vazir,
Lashkarboshi – Qoplon.
Yasovuli – Bo‘ri,
Tulki xola – cho‘ri.
Mushuk esa tomda
Tozalardi mo‘ri.